Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Shipilov: «Bunyodkor»da ishlab turgan tizimni chopish emas, aksincha bunday klublarni ko‘paytirish kerak!»

Shipilov: «Bunyodkor»da ishlab turgan tizimni chopish emas, aksincha bunday klublarni ko‘paytirish kerak!»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 31 turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” va “Metallurg” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov o‘yin haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bugungi qiyin ob havo sharoiti bo‘lishiga qaramasdan, ikkala jamoa ham chiroyli o‘ynashga harakat qildi. To‘g‘ri, o‘yinga muxlislar kam tashrif buyurgan bo‘lishi mumkin, lekin “Bunyodkor”ning ham, “Metallurg”ning ham ashaddiy muxlislari o‘yinni bevosita ko‘rish uchun stadionga kelishdi.

Judayam ajoyib stadion, har qanday ob havo, har qanday sharoitda ushbu o‘yingohda futbol o‘ynash yoqimli, sababi muhit juda ham ajoyib. Har qanday futbolchi uchun ham bunday stadionda futbol o‘ynash yoqimli bo‘lsa kerak.

“Bunyodkor”ni haqiqiy g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, biz birinchi bo‘limda ishonch bilan chiroyli o‘ynashga harakat qildik. Tanaffus vaqtida, kiyim almashtirish xonasida hammasi joyida edi, futbolchilarning ko‘zida hech qanday qo‘rquv yoki raqibdan hayiqish yo‘q edi. Menimcha, futbolchilarni almashtirishda xatoga yo‘l qo‘ydim. Uchchala futbolchi ham o‘yinga kirishib keta olmadi deb hisoblayman.

To‘g‘ri, penaltidan gol o‘tkazib yubordik, lekin undan keyin ham o‘yin 40 daqiqa davom etdi. Har qanday holatda ham o‘yinni davom ettirishimiz kerak edi. Biz esa penaltidan keyin 20-25 daqiqa o‘tib uyg‘ondik. Bu futbol, u xatoni kechirmaydi. Ko‘rgan bo‘lsangiz, bugun uch-to‘rt nafar yosh futbolchimiz maydonda harakat qildi. Ularning kelajagi hali oldinda.

Bugun hamma bir xil maydonga chiqdi, kimdir 30 yoshda, kimdir 17 yoshda, lekin men maydonda pasportga qarab o‘ynatmayman, menga yoshning ahamiyati yo‘q. Uch-to‘rt futbolchimning o‘yini meni qoniqtirdi, maydonning sifati sababli jarohat olgan bo‘lsa ham, borini berib o‘ynadi. Futbolchilar o‘yini uchun yaxshigina gonorar va bonuslar olishadi.

Umid qilamanki, “Bunyodkor”dagi ob’ektiv va sub’ektiv muammolar hal qilindi. Umid qilamanki, ushbu stadion ko‘rkamligini saqlab qoladi, “Bunyodkor” jamoasi va uning akademiyasi o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Ushbu klub barcha yoshdagi va milliy terma jamoaga futbolchi yetkazib beruvchi asosiy jamoalardan biri. Yana xuddi shunday ikkita jamoa bor. “Bunyodkor” 7-8 yildan buyon juda ko‘plab klublarni, terma jamoalarimizni futbolchi bilan ta’minlab kelayotgan o‘zbek futboli bayroqdorlaridan biri.

Bu yerda tashkil etilgan ishlab turgan tizimni, bunday klubni yopish, chopish  yoki olib tashlash kerak emas. Aksincha, bunday klublar sonini ko‘paytirish kerak. Umid qilamanki, mening bu so‘zlarim ushbu muammolarni hal qilish vakolatiga ega bo‘lgan rahbariyatga yetib boradi va ular “Bunyodkor”dagi muammolarni ijobiy hal qilishadi.

Yana bir bor “Bunyodkor”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Umid qilamanki, bizning klub ham kichkinagina Bekobod shaharchamizning mana shunday sharoitlarga, infrastruktura ega klubiga aylanadi".

Manba: www.bunyodkor.com
Kiritildi: 12:09, 25.11.2018.
O'qildi: 3335 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.