“Atletiko” bosh murabbiyi Diyego Simeone “Barselona”ga qarshi o‘yindan so‘ng Diyego Kosta jarohat olganini aytdi.
“Diyego Kosta maydonni oyog‘ida biroz muammo vujudga kelgani uchun tark etdi. U zahiraga olishni so‘radi.
Umid qilamanki, Diyego “Monako”ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘ladi. Kosta yirtqich. U maydonda bo‘lsa g‘alaba qozonishimizga imkoniyatimiz ko‘proq.
Butun o‘yin davomida ikkita zarba? Jamoalarning uslubi bir-biriga to‘g‘ri keladi. Menga hamma narsa yoqdi, g‘alabaga yaqinroq edik”, – deydi argentinalik mutaxassis.