Pepsi Superliga 32-turida “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Nasaf” jamoasini qabul qiladi. Bugun jamoa o‘z maydonida o‘yin oldi mashg‘ulotlarni o‘tkazdi. Tarkibda yo‘qotish yo‘q. Barcha futbolchilar o‘yinga tayyorgarlikni olib bordi.
Eslatib o‘tamiz, “So‘g‘diyona”-“Nasaf” bahsi ertaga soat 16:00 da “So‘g‘diyona” stadionida bo‘lib o‘tadi.