«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 6-turida «Abha» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi.
Uchrashuv «An-Nasr»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ronaldu 22-daqiqada hisobni ochdi.
Bu 41 yoshli portugaliyalik futbolchining professional faoliyatidagi 979-goli bo‘ldi.
«Og‘ir mehnat o‘z samarasini beradi», — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqda.













