Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Intervyu. Karlo Anchelotti: «Ronalduning yagona xatosi – «Yuventus»ni tanlagani»

Intervyu. Karlo Anchelotti: «Ronalduning yagona xatosi – «Yuventus»ni tanlagani»

Baho:
+ | -

Butun Italiya bu mutaxassis mamlakat termasini boshqarishini xohladi, ammo Karlo Anchelotti «Napoli»ni tanladi - neapolliklar bilan chempionatda g‘olib chiqmoqchi. Yaqinda France Football nashriga intervyu bergan murabbiyning ta’kidlashicha, «Napoli»da barcha muvaffaqiyatga ishonmoqda: bu ertami-kech baribir, ro‘y beradi!

- Oradan to‘qqiz yil o‘tib, yana «A» seriyaga qaytdingiz. Shu vaqt oralig‘ida Italiya futboli mavqeini boy berdi. Bunga sabab nima?

- Avvallari «A» seriya Yevropadagi eng kuchli chempionatlardan biri hisoblanardi - chunki yirik biznes mahalliy klublarga katta investisiya kiritardi. Berluskoni, Moratti va boshqa ko‘plab ishbilarmonlar rahbar bo‘lishgan. Klublar gullab-yashnagan, yulduz futbolchilarni sotib olishgan. Hozir vaziyat o‘zgacha, inqiroz. Faqat «Yuventus» barqarorlikni saqlab qolgan. Boshqalarga buni uddalash qiyin kechmoqda. Ammo sabab faqat bunda emas.

- Xo‘sh, nimada?

- Futbolchilar tayyorlash tizimida. Bu yerda ham ahvol tang, shu bois chempionatda saviyali o‘yinchilar kam. Murakkab davr hukm surmoqda. Iqtidorlar yo‘q emas, faqat ularning o‘sishlari uchun shart-sharoit yo‘q. Yana uch yildan so‘ng nima bo‘lishini ko‘ramiz.

- Aynan shu sababdan jamoatchilik chaqiruviga qaramay, termani qabul qilmadingizmi? Obro‘yingizga putur yetishini xohlamadingizmi?

- Buning aloqasi yo‘q. Shunchaki, xohish yo‘qolmasidan avval jamoa bilan har kuni ishlamoqchiman. Termada esa bir oyda uch kun astoydil ishlash imkoni bor, xolos. Asosiy sabab shu.

- Axir yana Marko Verratti bilan hamkorlik qilish imkoniyati tug‘ilardi, uni «PSJ»ga (2012 yili) siz taklif qilgandingiz. Ushbu futbolchining hozirgi darajasiga qanday baho berasiz? Shunday tasavvur uyg‘onyaptiki, go‘yo unda terma jamoa yetakchiligini qo‘lga olish istagi yo‘qdek.

- Men uchun Marko - chin ma’noda yuqori iqtidor sohibi. Ammo yakka o‘zi nima qila olardi? Ayni payt Italiya chempionati uning darajasiga mosmas. Gap klublar infratuzilmasida emas, balki futbolchilarning o‘zida. Nima sababdan Verratti «PSJ»da yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti? Chunki uning yonida futbolni tushunadigan yigitlar to‘p surishmoqda. Italiyada bunday o‘yinchilar kamchilikni tashkil etadi. Lekin  negadir Marko o‘yinni sekinlashtiryapti, degan fikr paydo bo‘ldi. Aslida bunday emas.

- Termadan ko‘ra «Napoli»ni ma’qul ko‘rdingiz. Yodimda, 80-yillarda siz «Milan»da o‘ynayotganingizda, «Napoli» bilan kurash keskin kechardi...

- U paytlari bu o‘zgacha klub bo‘lgan. Axir tarkibida Diyego Maradona to‘p surgan. Barcha - klubdagilar ham, shahardagilar ham uni boshlarida ko‘tarib yurishga tayyor edilar. Nima ro‘y berganini siz tasavvur ham qilolmaysiz. Hozirgacha «Napoli» uchun Diyego buyuk shaxs sanaladi. Unga qarshi o‘ynaganman. Faoliyatim davomidagi raqiblarim orasidagi eng kuchlisi. Mana bu fotosuratda Diyego bilan bir-birimizga qarshi o‘ynaganimiz aks etgan (devorga osilgan suratga ishora qilib). Hozirgi «Napoli» - boshqacha jamoa. Bu yerda Maradona yo‘q, ammo haqiqatan ham yuqori saviyali tarkib shakllantirilyapti, yoshlarga e’tibor berilmoqda. Bir necha mavsumdirki, «Napoli» chiroyli futbol namoyish etmoqda, barqarorlik esa sifatdan darak bermoqda. Men jamoa o‘yinini yanada original, agressiv qilmoqchiman, axir ba’zan ishlarimiz yurishmaydigan uchrashuvlar ham bo‘lib turadi.

- «Napoli»gacha moliyaviy tomondan muammosi yo‘q jamoalarda faoliyat yuritgansiz. Hozir vaziyat o‘zgacha. Ishingizda o‘zgarish ko‘ramizmi?

- Umuman, hech narsa o‘zgarmadi, vazifam hamon o‘sha: futbolchilar va jamoa bor imkoniyatini ishga solishini ta’minlash. Farq shundaki, «Milan», «Chelsi», «PSJ» hamda «Real»da darhol natija ko‘rsatishimni talab qilishgan. «Napoli»da esa meni shoshiltirishmayapti, muhimi - jamoaning o‘sishga erishishi.

- Demak, «Napoli» Italiya chempionligini qo‘lga kiritmasa, hech kim «shudgoringizga tosh irg‘itmaydi». Shundaymi?

- Albatta, shunday. Vaholanki, kimdir mendan o‘zib ketishini yoqtirmayman, fe’l-atvorimda jangovarlik mujassam. «Napoli» ham shunaqa - jangchilar jamoasi. Bu yerda barcha kelajakka ishonch bilan qaraydi: ertami-kech chempionlikka erishamiz. Ha, murabbiyga birinchi navbatda natijalarga qarab baho berishadi. Ammo tarkibida tajriba to‘plashi kerak bo‘lgan futbolchilar to‘p suradigan yosh jamoadan medallar kutish to‘g‘rimikan?

- So‘nggi to‘qqiz yil ichida «A» seriya darajasi tushib ketdi, jamoalar uslubi-chi, o‘zgardimi?

- Bunday deb o‘ylamayman. Har bir raqib juda yaxshi tayyorgarlikka ega, har gal qanday o‘ynash bo‘yicha bosh qotirishga to‘g‘ri keladi. Murabbiylarning barchasi aqlli, ijodiy yondashuvga ega, har safar qandaydir «syurpriz» o‘ylab topishadi. Hattoki, kamtarona klublar ham kamdan-kam hollarda yirik hisobda yutqazishyapti. Himoyalanishni esa hamma o‘rganib olgan, buni uyushqoqlik bilan bajarishyapti. Taktika masalasida, o‘ylashimcha, «A» seriya hamon sayyoramizda barchadan oldinda.

- Jorjo Kyellini («Yuventus») Gvardiola sabab Italiya futboli o‘zligini yo‘qotganini ta’kidladi. Uning fikricha, murabbiylar Pepga o‘xshashga intilishmoqda...

- Gvardiola to‘pga egalik qilishga asoslangan tizimini yaratib, futbol tarixiga kirib bo‘ldi. Ammo buni Messi, Xavi, Inyesta, Buskets singari yetuk futbolchilar bilan amalga oshirdi. Keyin xuddi shunday o‘yinni «Bavariya» va «Manchester Siti»da ham yo‘lga qo‘ydi, shundan so‘ng ko‘pchilikning fikri tamomila o‘zgarib ketdi. Gvardiola targ‘ib qilayotgan futbol - bu uning murabbiylik iqtidori va kerakli futbolchilar uyg‘unligi - shunday ekan, qanday qilib nusxa ko‘chiriladi? Biror uslubga mehr qo‘yish mumkin, ammo ixtiyoringizdagi futbolchilarning imkoniyatini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik darkor. Qisqasi, qandaydir ideal tizimga ishonmayman.

- Gvardiola futboli, Klopp va Konte futboli bilan tanishmiz... Anchelottining ham o‘ziga xos uslubi bormi?

- Muayyan uslubim yo‘q! Hammasi tarkibdan qanday futbolchilar o‘rin olganiga bog‘liq. Aksariyat murabbiylar o‘z g‘oyalari, sxemalariga o‘yinchilarni moslashga urinishadi. Men esa, aksincha, sxemani futbolchilarga moslashtiraman. Boz ustiga, jamoamiz uslubi raqibdan kelib chiqib o‘zgarishi ham mumkin. Biror-bir uslubga bog‘lanib qolish - bu menimcha, muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Boshqa tomondan, o‘yin prinsiplari daxlsiz. Futbolchilarimiz o‘sishga erishishlari, to‘p bilan ko‘p harakatlanishlari lozim, hujum va himoyada bir xil uyushqoqlikda o‘ynashimiz kerak. Qolgan narsalar esa vaziyatga qarab o‘zgaraveradi. Men uchun himoyalanish chog‘idagi eng maqbul sxema - 4-4-2. Hujumga o‘tayotganimizda esa bu sxema osongina o‘zgaradi. Muhimi, qo‘l ostimdagi futbolchilar o‘zlariga qulay pozisiyalarda to‘p surishsin.

- Gvardiola, Allegri singari murabbiylar haqida gap borganda, ularning buyuk taktiklar ekani aytiladi. Sizni esa odatda, ajoyib menejer, tashkilotchi sifatida bilishadi. Shunday fikr yuritish to‘g‘rimi?

- Farqi yo‘q! (Kuladi.) Asosiysi - mening fikrim, o‘z ishimning mutaxassisiman, hamisha futbol haqida o‘ylayman va taxminimcha, taktika borasida ham yomon emasman. Ammo avval ta’kidlaganimdek, mening jamoalarim turlicha futbol namoyish etishadi. Shu bois, men haqimda ayni fikr paydo bo‘lgandir.

- Maradonani yodga oldik. Joriy yilning yozida boshqa bir superfutbolchi - Krishtianu Ronaldu «A» seriyaga keldi. Balki bu chempionatning qayta tug‘ilishiga sabab bo‘lar?

- Krishtianuning kelishi «A» seriya reytingini sezilarli darajada ko‘tardi. Qachonlardir bu yulduzlar chempionati bo‘lgan. Italiyada Maradonadan tashqari Platini, Ziko, Shevchenko, Zidan, Ronaldo, Kaka, Ibragimovich to‘p surishgan. Ammo keyingi o‘n yil ichida jimlik saqlandi. Ronaldu kelgach, turnir qayta shakllangandek tuyuldi. U haqiqiy professional. Krishtianuning yagona xatosi - «Yuve»ni tanlagani! (Kuladi.) Bizga qo‘shimcha boshog‘riq tug‘dirdi.

- «A» seriya kuchli bo‘lganda Italiyada, Premyer-liga kuchayganda Angliyada, «Qatar loyihasi» boshlanganda Fransiyada, La Liga jamoalari barchani mag‘lub etayotgan kezlari Ispaniyada ishladingiz. Mana, endi avvalgi nufuzini tiklayotgan Italiyadasiz. Balki Anchelottining haqiqiy uslubi - kerakli paytda zarur joyda bo‘lishidir?

- (Kuladi.) Omadim kelgan ekan. «Yuve»dan ketganimda (2001 yili), «Parma» taklifini qabul qilgandim, ammo aynan o‘sha kuni «Milan» prinsipial o‘yinlarni boy berayotgani sabab «rossoneri» vakillari men bilan bog‘lanishgan. Hammasi qandaydir o‘n daqiqa ichida hal bo‘lgan. Aks holda, taqdir o‘zgacha kechishi ham mumkin edi. Futbolda omadsiz nimagadir erishish qiyin.

- Ammo omaddan tashqari boshqa narsalar, masalan, bilim ham kerak-ku!

- Aniqrog‘i, tajriba. Qirq yildan buyon futboldaman. Kimdir futbolda hech narsani tushunmasligimni aytsa, indamaymiz. Faqat yetarli darajada tajribasiz ekan, deyishmasin! (Kuladi.)

- Ko‘p narsani ko‘rdingiz, qator sovrinlarni qo‘lga kiritdingiz. Amalga oshmagan yana nimadir bormi?

- «Liverpul» bilan o‘tkazganimiz kabi o‘yinlar (3 oktyabr, 1:0) ko‘payishini xohlayman. G‘alabaga erishmasak ham mayli, faqat o‘yinimiz uchun uyalib qolmaylik. Bunday uchrashuvlarda to‘plangan tajriba, biror-bir kubokni qo‘lga kiritishdan ham muhimroq. Albatta, asosiysi - g‘alaba, ammo futbolni ba’zan hayajonli damlar uchun ham ko‘ramiz. Hozirgi klubimdagilar ham shunday o‘ylashadi. Jarayon, maqsad sari intilish - bu ham o‘ziga xos marra. 14 yil muqaddam «Napoli» uchinchi divizionda o‘ynardi. Lekin o‘sishda davom etib, asta-sekin chempionlikka erishish darajasigacha ko‘tarildi. Bu yerda ishlagan murabbiylar - Reya (Edoardo, 2005-2009), Masarri (Valter, 2009-2013), Benites (Rafael, 2013-2015), Sarri (Maurisio, 2015-2018) - barchalarini bu yerda iliq so‘zlar bilan yodga olishadi. Aytmoqchimanki, Neapolda murabbiylarni ular erishgan natijalar bilan eslashmaydi. Umid qilamanki, shu ro‘yxatni davom ettiraman. Balki nufuzli sovrinni qo‘lga kiritarmiz?!

- Nega endi shunday bo‘lmasligi kerak?

- Men ham ayni fikrdaman. «Liverpul» ustidan qozonilgan g‘alaba bu borada hal qiluvchi bo‘lishi mumkin. Yevropaning eng kuchli jamoalarini mag‘lub etishga qodirligimizni ko‘rsatdik. «Liverpul», «PSJ» singari klublarga qarshi o‘ynarkansiz, g‘alabaga o‘zingizni ishontirishingiz lozim bo‘ladi. Mazkur muvaffaqiyatdan keyin nafaqat o‘zimizga ishonchimiz ortdi, balki raqiblar ham bizning anoyilardan emasligimizni tushunishdi. Endi ularning bizga munosabatlari o‘zgaradi... (Kuladi.)

- 2012 yili «PSJ»da Italiya futboliga urg‘u berdingiz - ko‘plab futbolchilarni «A» seriyadan chaqirdingiz. Bu tasodif emasmidi?

- Gap Italiya futbolida emas, shunchaki, ushbu futbolchilar orqali saviya, professionallik darajasini ko‘tarishga intildim. Jamoa psixologiyasini o‘zgartirishni xohladim, axir kelganlarning aksariyati mentalitet nuqtai nazaridan g‘oliblar edi. Asosiy urg‘uni Ibraga berdim. Ammo o‘zim ham «PSJ»da ko‘p narsa o‘rgandim.

- «Park de Prens»ga yana borish - hayajonli bo‘ladimi?

- Ha. Do‘stlar bilan yana ko‘rishish ajoyib. Rosti, bu shahar va stadionni juda yaxshi ko‘raman. Ammo o‘tgan yili «Bavariya» bilan u yerga borganimda, «Park de Prens» u qadar mehmonnavozlik ko‘rsatmagandi - yutqazdik (0:3) va tez orada meni ishdan bo‘shatishdi. Bunday voqeaning takrorlanishini xohlamayman! (Kuladi.).

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 08:01, 29.11.2018.
O'qildi: 17665 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.