Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Sherali Babakulov: «Tarixni yangilashga tayyormiz»

Sherali Babakulov: «Tarixni yangilashga tayyormiz»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ertaga ayollar o‘rtasida  O‘zbekiston Kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda “Sevinch” jamoasi hamda o‘z tarixida ilk marta finalga chiqgan “So‘g‘diyona-W” klubi bahs olib boradi.

Ta’kidlab o‘tamiz, Jizzax futboli tarixida ilk bor viloyat jamoasi finalgacha yetib bordi. Bu esa futbol mutaxassislari,keng jamoatchilik hamda jizzaxlik muxlislarni xursand qildi. Garchi qizlarimiz chempionat bahslarida 6-o‘rinni band etgan bo‘lsa-da  O‘zbekiston Kubogi sohiblari sifatida ertaga taqdirlarinishidan umiddamiz.

Ertagalik muhim va tarixiy bahs uchrashuv oldidan “So‘g‘diyona-W” bosh murabbiyi Sherali Babakulov hamda “So‘g‘diyona-W” futbolchi qizlari Lidiya Sema va Aziza Norboyevalarning fikrlari bilan qiziqdik.

-Kuni kecha Jizzaxda so‘nggi mashg‘ulotimizni o‘tkazdik. “So‘g‘diyona” akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazdik. Final bahsiga barcha futbolchi qizlar tayyor. Muhimi xech qanday jarohat yo‘q. Futbolchilar  ruxan va jismonan tayyor. Shogirdlarimning ko‘zi yonib turibdi. Kimlardir oldindan “Sevinch” ga kubokni topshirgan bo‘lsa bu xato. Biz jangga tayyormiz va kubok uchun kurashamiz. Faoliyatim davomida men uchun bu 4-final. “Sevinch” ga qarshi qanday o‘yin olib borish kerakligini juda yaxshi  bilaman. Finalgacha o‘yinlarini ko‘rib chiqdik va yutuq kamchiliklarga diqqatimizni qaratdik. Biz chempioatda kuchli jamoalarga qarshi teng o‘yinlarni olib bordik. Biz haqli ravishda finalga chiqdik. Tarixni yangilashga tayyormiz va bu uchun kurashamiz.

Shu futsatdan foydalanib, jizzaxlik muxlislardan ertaga “OKMK” stadionida bizni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab qolamiz. Bunday muhim bahsda muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi biz uchun zarur. Bizga ishoning va biz qo‘ldan kelgancha sizlarni xursand qilishga harakat qilamiz”, -deydi Sherali Babakulov.

-Jamoamiz juda yosh va ilk debyut mavsumda juda katta xajmdagi ishni amalga oshirdik. Jamoada yosh futbolchi qizlar ko‘p va ular ham shu finalga chiqishimizga o‘z hissalarini qo‘shdi. Murabbiyimizni barcha ko‘rsatmalarini bajardik. Finalga chiqish biz chun tarix. Hammamiz ham hayajonli holatdamiz. O‘z oldimizga jiddiy maqsad qo‘ydik. G‘alaba qozonishni juda xoxlaymiz. Jamoadoshlarimga maydonda bir oila bo‘lib, Jizzax viloyati tarixida yangi sahifa boshlaylik va  ushbu  yilda oruzimizni amalga oshirishni tilagan bo‘lar edim”, -deydi “So‘g‘diyona-W” futbolchisi Lidiya Sema

- Finalga chiqishga qadar uzoq yo‘l bosdik. To‘g‘ri ko‘pchilik oson raqiblarga qarshi bahs olib borishdi dedi ammo bosib o‘tgan yo‘limiz oson kechdi demagan bo‘lardim. Har bir o‘yinda murabbiyimiz ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarishga harakat qildik. “Sevinch” dan kam joyimiz yo‘q. Qo‘limidan kelagcha Jizzax viloyati sha’ni,raxbariyatimizni ishonchini oqlashga harakat qilamiz. Ayollar futbol jamoasini tarixga kiritishga imkonimiz boricha harakat qilamiz”,-deydi Aziza Norboyeva

“So‘g‘diyona” PFK matbuot xizmati

Manba: www.fcsogdiana.uz
Kiritildi: 17:19, 01.12.2018.
O'qildi: 1778 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.