Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Umid Ahmadjonov: «Kelasi mavsumda ham hamjihatlikda katta ishlarni amalga oshiramiz»

Umid Ahmadjonov: «Kelasi mavsumda ham hamjihatlikda katta ishlarni amalga oshiramiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati, birinchi marta formati yangilangan holda o‘tkazilgan Superliga yakunlandi. Kun.uz sayti O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assosiasiyasining birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan intervyu uyushtirdi. E’tiboringizga ana shu intervyuni ikkinchi qismini havola qilamiz.

 — Futbolimizdagi eng katta kamchiliklardan biri klublarning ma’lum bir homiy-tashkilot yoki hokimiyatlarga qaramligi hisoblanadi. Ko‘pchilik klublarning hatto stadioni ham o‘ziniki emas. Klublarni xususiylashtirish uchun harakat qilib ko‘rilsa bo‘lmaydimi? Axir bizda ham futbolni yaxshi ko‘radigan puldor muxlislar oz emas. Biz ham xuddi Yevropada bo‘lgani kabi klub aksiyalarini sotib olishni, klub prezidentligi uchun saylovlarda qatnashishni xohlaymiz. Tasavvur qiling, bizda ham prezidentlikka bir nechta nomzod bo‘lsa va har biri «Meni saylasanglar, mana bu futbolchini olib kelaman, men saylasanglar, mana bunday ishlar qilaman», deb saylov dasturlarini e’lon qilsa. Shunday omon-omon davrlarga erishish imkonini beradigan klublarni xususiylashtirish uchun O‘FA qanday ishlarni amalga oshirishi mumkin?

 — Juda zo‘r taklif. Lisenziyalash talablari bosqichma-bosqich shunga olib boradi. PFL istayotgan masala ham aslida shu. Biroq ayni holatda o‘sha homiy-tashkilotlar moliyalashtirishni to‘xtatsa, futbol birdaniga orqaga ketib qoladi. Shuning uchun ham davlat pul berayotganida stadion, akademiya, bazani qurib olmaysanmi, deb kuyunib yotibmiz. Siz aytayotgan tadbirkorlar yaxshi klublarga asos solishi mumkin, biroq boshlanishiga o‘sha klublar «Paxtakor» yoki «Lokomotiv»dek jamoalar bilan kurasha olmaydi. Vaqt kerak hammasiga. Lisenziyalash talabi 2019 yilda faqat va faqat qurish ishlariga zo‘r bo‘ladi. Vaqti kelib siz aytgan yaxshi kunlar kelganida, klublar homiysiz qolganida hech bo‘lmasa maydoni, bazasi, akademiyasi bo‘lishi uchun. Hozircha esa «Nasaf»dan so‘rashingiz mumkin, o‘z stadioniga ega klubning xarajatlari qanchalik katta bo‘lishini, klublar yillar davomida bunga tayyorgarlik ko‘rmagani uchun, endi mas’uliyatdan qochishni odat qilib olgan. Lisenziyalash talabi baribir hamma klublarni birinchi galda «Nasaf»ga yaqinlashtiradi, keyin esa ularni siz aytganingizdek aksionerlik jamiyatlariga aylantiradi.

 — Ko‘pchilik muxlislar boshqa sport federasiyalarining rahbarlarini tanish uyoqda tursin, o‘sha federasiyalar qayerda joylashganini ham bilishmaydi. Lekin futbol federasiyasi (endilikda assosiasiyasi) millionlar diqqat markazida bo‘ladigan tashkilot. Tashkilotning sizdan oldingi rahbari Mirabror Usmonov doimiy tanqid qilib kelingan. Siz ham bu lavozimga kelganingizdan so‘ng keskin tanqidlar yomg‘iri ostida qolib ketishingizni, eng ommabop sport rahbari bo‘lish oson emasligini bilganmidingiz? O‘zingiz haqingizdagi tanqidlarga qanday qaraysiz?

  — Men tanqidni to‘g‘ri tushunaman va hatto bu tanqid noto‘g‘ri bo‘lsa ham, tabiiy hol deb qarayman. Turgan gapki, bu vazifa menga yuklatilganida, buning ostida naqadar katta yuk turganini, jumladan, muxlislarning, jurnalistlarning tanqidiy so‘zlari yangrashi mumkinligini ham bilganman va bunga tayyor holda kelganman. Lekin xalqimizda bir yaxshi maqol bor: «O‘ychi o‘yiga yetguncha, tavakkalchi ishini bitkazibdi». Kimdir bu ishni bajarishi, malomatlar tagida qolsa ham, yangiliklar bilan kirib kelish lozim edi. Davr shunaqa hozir. Uning ayovsiz talablari bor. Shunday shiddatli jarayonda kurashlar ostida maqsadga yetsangiz, g‘oliblik nashidasi yanada shirin tuyuladi.

 — Sizningcha, bu yilgi mavsumda hakamlik darajasi qanday bo‘ldi?

 — Superligada avvalgi mavsumlarniki bilan solishtirganda yaxshiroq bo‘ldi. Ular bilganlaricha ish qilishlariga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildik. Biroq Pro-ligadagi hakamlik saviyasini sezilarli darajada ko‘tarmasak bo‘lmaydi. Buning uchun eng yaxshi vosita teletranslyasiyalar sonini oshirish. Chunki Superligadagi hakamlik masalasi ham shu sabab avvalgilariga qaraganda ancha epaqaga kelib qoldi. Nazar bo‘lishi kerak-da hamma joyda. «Sport» telekanali bu yil katta hajmdagi ishlarni bajardi, oson bo‘lmadi. Umid qilamanki, kelasi mavsumda ham hamjihatlikda katta ishlarni amalga oshiramiz.

 — Osiyo o‘yinlarida 70ta medal qo‘lga kiritilgani bilan bu natijani juda yuksak natija deb bo‘lmaydi. Birinchidan, turnirda 42 sport turida medallar o‘ynalgani holda o‘zbekistonliklar 30 sport turi bo‘yicha ishtirok etishdi. Shundan faqat 19ta sport turida medal olindi. Shundan faqat 12 sport turida 21ta oltin medal. Ikkinchidan, medallar asosan yakkalik bahslarda qo‘lga kiritilgan. Faqat 7ta medal – 5ta kumush va 2ta bronza jamoaviy bahslarda olingan. Oltin yo‘q. Kumush va bronzalarning 4tasi akademik eshkak eshishda, 2tasi baydarka va kanoeda eshkak eshishda, bitta bronza badiiy gimnastikada. Ya’ni, jamoaviy sport turlarida juda past natijalar qayd etilgan. Bu ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun nimalar qilinadi?

 — Juda yuksak natija emas, deysizmi? Axir, terma jamoamiz rekordi yangilangan kuni, umumjamoalar o‘rtasida Erondan o‘zib ketganimizda, xalqimiz qay tarzda qabul qilganini ko‘rmadingizmi? Lekin fikringizda jon bor, biz birdaniga hamma sport turlarini bir kunda rivojlantirib qo‘ya olmaymiz, bunga millat mentaliteti, xalqimizning o‘sha sport turiga bo‘lgan munosabati va sport turlariga turlicha sharoit lozimligi sabab bo‘ladi. O‘ylaymanki, shu ketishda ishlasak, natija bermagan turlar bo‘yicha ham medallar uchun kurash olib boramiz. Katta shaharlar ham bir kunda qurilmaganku…

 — Ma’lumki, Olimpiya o‘yinlarida va Osiyo o‘yinlarida suzish sportida bir sportchining o‘zi bir nechta medal olishi mumkin. Osiyo o‘yinlarida kuchli uchlikda bo‘lgan Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya ham ko‘p medallarni suzish sport turida jamg‘arishdi. Masalan, birinchi o‘rinni egallagan Xitoy suzish bo‘yicha 50ta medal oldi (19ta oltin, 17ta kumush va 14ta bronza). Yaponiya esa bu sport turida eng ko‘p medalga egalik qildi – 52ta (19ta oltin, 20ta kumush va 13ta bronza). Yaponiyalik suzuvchi Rikako Ekee 8ta medal (6ta oltin, 2ta kumush) oldi, xitoylik suzuvchi Jiayu Xu 5ta oltin medalni o‘ziniki qildi. Yana bir xitoylik suzuvchi 6ta medal (4ta oltin, 2ta kumush) egasi bo‘ldi. Sportchilar o‘rtasida eng ko‘p medal jamg‘arish reytingining dastlabki olti pog‘onasi aynan suzuvchilarga tegishli bo‘ldi. O‘zbekiston bu sport turida bitta ham medal olmadi.

 Suzish sportini rivojlantirishga jiddiyroq e’tibor qaratish kerakmasmikin?

 — Bu ham yuqoridagi savolingiz kabi o‘z sharoiti, jug‘rofiy holati va xalq tomonidan suyilishi lozim bo‘lgan jihatlarga bog‘liq.

 Tan olaylik, yuqoridagi mamlakatlar hozirgi natijalari yo‘lida uzoq yillar ishlashgan va bir yaxlit tizim ishlab chiqilgach, bugungi ko‘rsatkichlarga yetishishdi. Biz esa, bu masalalarni tezlik bilan hal qilishimiz imkonsiz, o‘z vaqti bilan yetib ham kelamiz. Lekin boya aytganimdek, shu zaylda ishlasak, suzish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarimiz samarasini ham yaqin yillarda ko‘rasiz, Xudo xohlasa…

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 21:42, 01.12.2018.
O'qildi: 1919 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.