Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Umid Ahmadjonov: «Katta shaharlar ham bir kunda qurilmagan»

Umid Ahmadjonov: «Katta shaharlar ham bir kunda qurilmagan»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Intervyular

Kun.uz O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assosiasiyasining birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan intervyu uyushtirdi.

— Osiyo o‘yinlarida 70ta medal qo‘lga kiritilgani bilan bu natijani juda yuksak natija deb bo‘lmaydi. Birinchidan, turnirda 42 sport turida medallar o‘ynalgani holda o‘zbekistonliklar 30 sport turi bo‘yicha ishtirok etishdi. Shundan faqat 19ta sport turida medal olindi. Faqat 12 sport turida 21ta oltin medal.

Ikkinchidan, medallar asosan yakkalik bahslarda qo‘lga kiritilgan. Faqat 7ta medal – 5ta kumush va 2ta bronza jamoaviy bahslarda olingan. Oltin yo‘q. Kumush va bronzalarning 4tasi akademik eshkak eshishda, 2tasi baydarka va kanoeda eshkak eshishda, bitta bronza badiiy gimnastikada. Ya’ni, jamoaviy sport turlarida juda past natijalar qayd etilgan. Bu ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun nimalar qilinadi?

— Juda yuksak natija emas, deysizmi? Axir, terma jamoamiz rekordi yangilangan kuni, umumjamoalar o‘rtasida Erondan o‘zib ketganimizda, xalqimiz qay tarzda qabul qilganini ko‘rmadingizmi?

Lekin fikringizda jon bor, biz birdaniga hamma sport turlarini bir kunda rivojlantirib qo‘ya olmaymiz, bunga millat mentaliteti, xalqimizning o‘sha sport turiga bo‘lgan munosabati va sport turlariga turlicha sharoit lozimligi sabab bo‘ladi.

O‘ylaymanki, shu ketishda ishlasak, natija bermagan turlar bo‘yicha ham medallar uchun kurash olib boramiz. Katta shaharlar ham bir kunda qurilmaganku…

— Ma’lumki, Olimpiya o‘yinlarida va Osiyo o‘yinlarida suzish sportida bir sportchining o‘zi bir nechta medal olishi mumkin. Osiyo o‘yinlarida kuchli uchlikda bo‘lgan Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya ham ko‘p medallarni suzish sport turida jamg‘arishdi. Masalan, birinchi o‘rinni egallagan Xitoy suzish bo‘yicha 50ta medal oldi (19ta oltin, 17ta kumush va 14ta bronza).

Yaponiya esa bu sport turida eng ko‘p medalga egalik qildi – 52ta (19ta oltin, 20ta kumush va 13ta bronza). Yaponiyalik suzuvchi Rikako Ekee 8ta medal (6ta oltin, 2ta kumush) oldi, xitoylik suzuvchi Jiayu Xu 5ta oltin medalni o‘ziniki qildi.

Yana bir xitoylik suzuvchi 6ta medal (4ta oltin, 2ta kumush) egasi bo‘ldi. Sportchilar o‘rtasida eng ko‘p medal jamg‘arish reytingining dastlabki olti pog‘onasi aynan suzuvchilarga tegishli bo‘ldi. O‘zbekiston bu  sport turida bitta ham medal olmadi. Suzish sportini rivojlantirishga jiddiyroq e’tibor qaratish kerakmasmikin?

— Bu ham yuqoridagi savolingiz kabi o‘z sharoiti, jug‘rofiy holati va xalq tomonidan suyilishi lozim bo‘lgan jihatlarga bog‘liq. Tan olaylik, yuqoridagi mamlakatlar hozirgi natijalari yo‘lida uzoq yillar ishlashgan va bir yaxlit tizim ishlab chiqilgach, bugungi ko‘rsatkichlarga yetishishdi.

Biz esa, bu masalalarni tezlik bilan hal qilishimiz imkonsiz, o‘z vaqti bilan yetib ham kelamiz. Lekin boya aytganimdek, shu zaylda ishlasak, suzish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarimiz samarasini ham yaqin yillarda ko‘rasiz, Xudo xohlasa…

Manba: Stadion
Kiritildi: 13:08, 03.12.2018.
O'qildi: 3711 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.