Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasiga yangi rais saylandi

O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasiga yangi rais saylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, yurtimizdagi sport federasiyalari bilan birga Tokio 2020 Olimpiadasi uchun strategiya ishlab chiqilgan. To‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasiga tayyorgarlik yo‘lida O‘zbekistonda zamonaviy beshkurash sport turini rivojlantirish ham alohida o‘rin tutadi. Bu borada federasiya faoliyatini takomillashtirish katta ahamiyatga ega.

Shu munosabat bilan bugun, 3 dekabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi tashkil etildi. Tadbirda Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti, yengil atletika, qilichbozlik, suzish, o‘q otish federasiyalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Konferensiyani O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidentining maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov olib bordi. Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masala tashkilotga yangi rahbar saylab olishdan iborat edi. Federasiyaning avvalgi rahbari Farruh Fazliyev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan bo‘shab qolgan lavozimga bungacha O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan Bahrom Gaziyev nomzodi ilgari surildi. Konferensiya ishtirokchilari bir ovozdan B.Gaziyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashdi va shu tariqa u O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi raisiga aylandi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati federasiyaning yangi raisiga oldinda turgan mas’uliyatli vazifada muvaffaqiyatlar tiladi, federasiya faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarni berdi. O‘z navbatida, Bahrom Gaziyev o‘z rejasi bilan barchani tanishtirdi. Asosiy maqsad – Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritish ekanligini qayd etib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, zamonaviy beshkurash sportida atletlar beshta yo‘nalish – qilichbozlik, suzish, ot sporti, yugurish va pistoletdan o‘q otish bo‘yicha kurash olib boradilar. Mazkur sport turi ilk marotaba 1912 yili Stokgolm mezbonlik qilgan Olimpiya o‘yinlarida dasturga kiritilgan.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 13:14, 03.12.2018.
O'qildi: 3419 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.