Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

MOQ: Taekvondoni rivojlantirish xalqaro fondi bilan muhim masalalar bo‘yicha kelishuvga erishildi

MOQ: Taekvondoni rivojlantirish xalqaro fondi bilan muhim masalalar bo‘yicha kelishuvga erishildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Biroz avval O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Janubiy Koreyada Osiyo taekvondo ittifoqi rahbari Li Kyu Syok bilan uchrashib, bir qator muhim masalalarni muhokama qilgani haqida xabar qilgandik.

Mazkur uchrashuvda unga O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasi raisi Ahmadjon Rahimov hamrohlik qilmoqda.

Taekvondo masalasi bo‘yicha navbatdagi uchrashuv Janubiy Koreya madaniyat va sport vazirligi qoshidagi taekvondoni rivojlantirish davlat fondi raisi Sang Vuk Li bilan o‘tkazildi. Fondning asosiy faoliyati taekvondo WTFni dunyo bo‘ylab rivojlantirish va ommaviylashtirishdan iboratdir.

Uchrashuv davomida Markaziy Osiyoda taekvondo assosiasiyasining tashkil etilishi, mazkur assosiasiyaga a’zo mamlakatlar sportchilari o‘rtasida xalqaro musobaqalarni tashkil qilish va boshqa masalalar muhokama qilindi. O‘z navbatida, janob Li tashkiliy masalalarda yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, uchrashuvda o‘zbekistonlik taekvondochilarning Muju shahrida joylashgan taekvondo markazida o‘quv-mashg‘ulot olib borishlari bo‘yicha kelishib olindi. Ma’lumot uchun, mazkur taekvondo markazi o‘z yo‘nalishida jahonda eng yirigi hisoblanadi.

U yerga yer yuzining turli mamlakatlaridan taekvondochilar tashrif buyurishadi va xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadilar. Uchrashuvda nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoda ham taekvondoni rivojlantirish fondi faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 13:21, 03.12.2018.
O'qildi: 3250 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.