Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

3,5 milliondan ortiq kishi Argentina terma jamoasini mundialdan chetlatishni talab qilgan petisiyani imzoladi

3,5 milliondan ortiq kishi Argentina terma jamoasini mundialdan chetlatishni talab qilgan petisiyani imzoladi

Baho:
+-1 | -2

Internetda Argentina milliy jamoasi va uning sardori Lionel Messini Jahon chempionatidan chetlatishni talab qiluvchi petisiya keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, mazkur tashabbusni hozirga qadar 3,5 milliondan ortiq foydalanuvchi qo‘llab-quvvatlagan.

Petisiya mualliflari Argentina milliy jamoasini musobaqadan chetlatish va uning o‘rnini boshqa jamoaga olib berishni talab qilmoqda. Ularning fikricha, FIFA hakamlari ataylab Argentina hamda Lionel Messi foydasiga qarorlar chiqarib, qolgan jamoalarga nisbatan adolatsizlikka yo‘l qo‘ymoqda. Hatto chempionat g‘olibi oldindan belgilab qo‘yilgani haqidagi keskin da’volar ham ilgari surilgan.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 chorak finalida argentinaliklar Shveysariyani 3:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning yarim finaliga yo‘l olgan edi. O‘sha uchrashuvda Shveysariya hujumchisi Bril Embolo jamoasi gol urganidan bor-yo‘g‘i besh daqiqa o‘tib qizil kartochka olgan va maydonni erta tark etishga majbur bo‘lgandi. Bu vaziyat ham ko‘plab bahslarga sabab bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Lionel Skaloni boshchiligidagi Argentina yarimfinalda Angliya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:27, 13.07.2026.
O'qildi: 2582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик