Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Umid Ahmadjonov: «20 yillar davomida o‘zgarmagan futbolni, biz qandaydir 1 yilda o‘zgartirib qo‘yishimiz mumkinmi?»

Umid Ahmadjonov: «20 yillar davomida o‘zgarmagan futbolni, biz qandaydir 1 yilda o‘zgartirib qo‘yishimiz mumkinmi?»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston U20 terma jamoasining Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagani turli xil fikrlarga sabab bo‘ldi. «Daryo» mazkur fikrlar bo‘yicha hozirda xizmat safari bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan Telegram orqali bog‘landi.

Futzalchilarimiz bunday taqdirga munosib emasdi. Ishonamanki, o‘yin qayta o‘tkazilsa, ular Tojikiston futzalchilarini ketma-ket 10 marta ham yuta olishadi. Shunchaki o‘sha kuni omad bizdan yuz o‘girdi. Futbolda ham, futzalda ham shunday, g‘alaba va mag‘lubiyat yonma-yon yuradi, — deya gap boshladi Umid Ahmadjonov.

— Futzalchilarning mag‘lubiyatini O‘zbekistonda futzalga bo‘lgan e’tiborning sustlashib ketgani bilan o‘lchashdi. Bunga qanday qaraysiz?

Juda oddiy. Biz sport tepasiga endigina keldik va tabiiyki, ayni vaqtda istalgan nozik nuqtamizni topib, zarba berish uchun harakat qilishadi. Ammo biz ishlashda davom etamiz. Futzal masalasini bo‘rttirib ko‘rsatayotgan qaysidir mutaxassis avvallari federasiyada yillar davomida faoliyat olib borgan, ammo hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan. Balki ayni vaqtdagi o‘zgarishlar unga erish tuyulayotgandir. Yana bir jurnalist esa o‘zining boshqa hamkasblarini ko‘rolmay, Avstraliyada yuribdi, Koreyada yuribdi deb chiqishlar qilyapti. Tuppa-tuzuk tanqidchi ekan, oldin hech shunday chiqishlarini ko‘rmagan ekanmiz.

— To‘g‘ri, biroq futzalda katta o‘zgarishlar bo‘lgani rost. U futbol assosiasiyasi balansiga o‘tdi-ku!

Bizda o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari ham Osiyo chempionatiga chiqa olmadi. Ammo bu meni hafa qilgani yo‘q. Biz ishni bolalar futbolidagi kamchiliklarni tozalashdan boshladik. Endi biz ulardan natija talab qilmoqchimasmiz. Bizga ularning Jahon chempionatiga chiqishidan ko‘ra, milliy termaga, umuman katta futbolga yetkazib beradigan iste’dodlari muhim. Futzal ham shunday. Biz ishni boshlaganimizga endi 1 yil bo‘ldi. Bir qadam orqaga yurib, keyin ikki qadam oldinga tashlaymiz.

Futzalga e’tibor va munosabat oldingidan ancha yaxshi bo‘ladi. Biz bir yil avval uy-safar uchrashuvlarini sinab ko‘rishga qaror qildik, formatlarni sinadik. Endi odamlarda tasavvur paydo bo‘lyapti, ularda solishtirish imkoni tug‘ildi, o‘zimiz esa fikrlayapmiz. Kelasi yil uchun lisenziyalash talabi allaqachon ishlab chiqilgan. Endi istalgan futzal klubi ham chempionatda ishtirok eta oladi. Faqatgina lisenziyalash talablariga javob bersa bo‘lgani. Oldinda qiladigan ishlarimiz, rejalarimiz bor. Kimlardir esa bitta mag‘lubiyatdan shunday fojia yasayaptiki, bu yerda xuddiki shaxsiy g‘araz yotgandek.

— 2019 yilgi mavsum uchun lisenziyalash talabi e’lon qilindi. Bu ish berishiga qanchalik ishonasiz?

Komissiya buning ustida jiddiy ishladi. Yil davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar o‘rganildi, futbol rivojiga bolta bo‘layotgan illatlar haqida endi yaxshi bilamiz. Hozir hamma ishga shay turibdi, shartnomalar, yoshlar futboli, futzal va ayollar futbolida katta ijobiy o‘zgarishlar bo‘ladi. Shularning o‘ziyoq oldinga kattagina qadam tashlashimiz uchun turtki beradi. Faqatgina ozgina sabr kerak. Madomiki ishonch bilan shu ishlarni berishdimi, ozgina vaqt ham berishlari kerak. Axir qanday qilib 20 yillar davomida o‘zgarmagan futbolni, biz qandaydir 1 yilda o‘zgartirib qo‘yishimiz mumkin? Bu oson emas-ku.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:08, 05.12.2018.
O'qildi: 4584 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.