Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

O‘zbekistonda Butunjahon shaxmat Olimpiadasi matbuot anjumani o‘tkazildi

O‘zbekistonda Butunjahon shaxmat Olimpiadasi matbuot anjumani o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Hamyurtlarimiz musobaqada to‘qqiz tur yakuniga ko‘ra eng ko‘p ochko jamg‘arib, oltin medalga ega chiqdilar.

Musobaqa davomida Rossiya,  Hindiston, Eron, Ukraina, Vengriya, Polsha, Moldova, Xitoy terma jamoalari mag‘lub etildi. Shaxmat Olimpiadasida yurtimiz sharafini Nodirbek Yoqubboyev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Shamsiddin Vohidov va Sitora Saparova himoya qildi. Ular bahslarda murabbiy Saydali Yo‘ldoshev boshchiligida dona surishdi.

Bugun, 5 dekabr kuni O‘zbekiston shaxmat federasiyasida ortda qolgan musobaqa yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Butunjahon shaxmat Olimpiadasi qahramonlari, O‘zbekiston shaxmat federasiyasi mutasaddilari, yosh aql-idrok sohiblari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va boshqalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston shaxmat federasiyasi raisi o‘rinbosari Husan Turdaliyev yakunlangan musobaqa haqida gapirdi.

“Bir necha kun oldin Turkiyada yakunlangan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida o‘smirlarimiz katta g‘alabani qayd etishdi. Bu biz uchun, umuman o‘zbek sporti, o‘zbek shaxmat oilasi uchun juda katta yutuqdir. Mazkur Olimpiadada eng yaxshi natijamiz 2004 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda hamyurtlarimiz uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandilar. Bu safar esa tarixda ilk marotaba shaxmatchilarimiz oltin medalga sazovor bo‘ldilar. Biz bundan juda xursandmiz. Jamoa o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani a’lo darajada bajardi. Ishonchim komil, yoshlarimiz bu bilan to‘xtab qolishmaydi”, - dedi Husan Turdaliyev.

Shundan so‘ng ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Anjumanda federasiya mutasaddilari yaqin orada o‘tkaziladigan musobaqalar, federasiyaning rejasi haqida ma’lumot berishdi.

Terma jamoamiz bosh murabbiyi Saydali Yo‘ldoshev esa musobaqa davomida amalga oshirgan strategiyasi, shaxmatchilarimizning partiyalar davomida qayd etgan natijalari haqida gapirib berdi.

Tadbir yakunida yosh shaxmatchilar va ularning murabbiyi munosib ishtirok uchun taqdirlanishdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 13:46, 05.12.2018.
O'qildi: 1967 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик