Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Vunderkindlar: Tanishing, Dodi Lukebakio

Vunderkindlar: Tanishing, Dodi Lukebakio

Baho:
+ | -

Germaniya Bundesligasi. 12-tur. «Bavariya» - «Fortuna» - 3:3. Kutilmagan natija, to‘g‘rimi? Buning asosiy aybdori Myunxen klubining o‘zi, albatta. Shuningdek, Manuel Noyerni naq 3 bora ojiz qoldirgan Dodi Lukebakio ham katta «ulush»ga ega. Gap atigi 21 yoshli yigitcha haqida ketmoqda. Diqqat qiling, «Bavariya»ning shundoq ham og‘ir hayotini yanada murakkablashtirgan belgiyalik hujumchi hozirga qadar 5ta klub hamda 2ta terma jamoada o‘ynashga ulgurgan. Aslida «Fortuna»dan Myunxendagi o‘yinda hech kim alohida qahramonlik kutgan emasdi. Zero, Dyusseldorf jamoasi bunga qadar chempionat doirasidagi 11ta uchrashuvdan naq 7tasini boy bergan va atigi 6 ochko to‘plagan holda, turnir jadvali oxirgi pog‘onasida «osilib» turgandi. Shu boismi, bukmekerlar autsayderning safarda ijobiy natija qayd etishiga nisbatan juda past koeffisiyent berishdi. Amalda esa...

O‘yin kutilganidek, mezbonlar uchun ideal darajada yaxshi boshlandi: 20-daqiqaga kelib, «Bavariya» 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Keyin ko‘pchilikka notanish Dodi Lukebakio ishga tushdiyu, hammasi o‘zgarib ketdi. U birinchi bo‘lim oxirida 1-javob golini urdi. Ikkinchi 45 daqiqalik ham «Bavariya» uchun ko‘ngildagidek boshlanib, jamoa tez orada 3-golini nishonladi. Uchrashuvning yakuniy qismida esa Lukebakio mag‘rur Manuel Noyer qarshisida 2 marta yolg‘iz qoldi va har ikki imkoniyatdan unumli foydalandi. Yakuniy natija - 3:3. Shu tariqa «Fortuna» umumiy ahvolini birozgina o‘nglab oldi, Lukebakioning transfer narxi sezilarli darajada oshdi, «Bavariya» esa noyabr oyini Bundesligada g‘alabasiz yakunladi. Niko Kovach jamoasi ichki chempionatda oxirgi marta 27 oktyabr kuni «Mayns» maydonidan g‘alaba bilan qaytgandi - 2:1. Faqat «Alyans-Arena»dagi o‘yinlarni olsak, myunxenliklar 15 sentyabrdan buyon Bundesliga o‘yinini g‘alaba bilan yakunlay olishmayapti.

Xo‘sh, Dodi Lukebakio kim, u qayerdan kelib qoldi? Alohida aytish kerak, belgiyalik hujumchi Bundesliga tarixida debyutant jamoa tarkibida o‘ynab, amaldagi chempion darvozasiga 3ta gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Qolaversa, u Bundesligada oxirgi 17 yil badaliga «Bavariya»ga qarshi kechgan bahsda «xet-trik»ka erishgan birinchi o‘yinchidir. Xullas, 2001 yili «Shalke» vakili Ebbi Sand shundan ajoyib natijaga erishganidan buyon boshqa hech kimga «Bavariya» darvozasiga 90 daqiqa ichida 3ta gol urish nasib etmayotgandi.

Dodi atigi 21 yoshda bo‘lsada, professional faoliyati davomida naq 5ta klub libosini kiyishga ulgurgan. Aniqroq aytsak, hujumchi «Fortuna» safiga qo‘shilishiga qadar «Anderlext», «Tuluza», «Sharlerua» va «Uotford» jamoalari sharafini himoya qilgandi. Umuman, belgiyalik hujumchi huquqiy jihatdan hamon Angliya klubiga tegishli va «Fortuna»da ijara kelishuvi asosida o‘ynamoqda. Yana bir tomoni yosh hujumchi 2ta terma jamoa safida maydonga tushgan. Dodi avvaliga Kongo DR milliy jamoasini tanladi va 2016 yili Keniya termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyut qildi. Biroq yosh yigitcha bir yildan keyin bu masalada fikrini o‘zgartirib, Belgiya yoshlar termasi bayrog‘i ostida maydonga tusha boshladi. Uning «Fortuna»dagi faoliyatiga kelsak, «Bavariya»ga qarshi bahsdagi «xet-trik» bilan Dyusseldorf jamoasidagi gollari soni 9taga yetdi. Xullas, Dodi mavsumning ortda qolgan qismida shaxsiy rekordini yangilashga ulgurdi. Umuman, Myunxen klubi, xususan, Niko Kovachga kuchli «tarsaki» tushirgan yigitcha bunga qadar butun faoliyatida raqiblar darvozasini atigi 12 marta nishonga olgandi.

 

Belgiyalik nouneym. 21 yoshli Lukebakio - «Anderlext» tarbiyalanuvchisi. U hozir ham Belgiya yoshlar termasi a’zosi hisoblanadi. Bo‘yi ancha baland va tezligi ham yuqori vinger. Aytishlaricha, unda hamon yana Kongo DR temasi tomon «og‘ish» imkoniyati bor. Chunki, Belgiya milliy jamoasi safida hali maydonga tushgan emas. Aytish joiz, Lukebakio joriy boshida ham «Anderlext»ga tegishli edi. To‘g‘ri, u jonajon jamoasi safida uncha ko‘p o‘ynamagan. Bryusselliklar iqtidorli vingerni avvaliga ijara kelishuvi bo‘yicha «Tuluza»ga jo‘natishdi. Shu tariqa Dodi mavsum-2016G‘2017da Liga 1 doirasidagi 5ta o‘yinda qatnashdi. ammo o‘z hisobiga birorta samarali uzatma ham yozib qo‘yolmadi. «Sharlerua»dagi keyingi ijara muddati nisbatan samarali chiqdi: Belgiya chempionatida 19ta o‘yin, 3ta gol va 3ta uzatma. Joriy yil yanvariga kelib, «Sharlerua» Dodi transferini 2,2 mln. yevroga sotib oldi. Biroq jamoa rahbariyati shartnoma tuzilgach, ertasigayoq hujumchi xususida «Uotford» tomonidan tushgan taklifni qabul qildi. Ya’ni uni 5 mln. yevro evaziga qo‘yib yubordi. Angliya chempionati vakili o‘z navbatida, yangi futbolchisini darhol «Fortuna»ga berdi - yana ijara bitimi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:33, 07.12.2018.
O'qildi: 2635 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.