Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul 1-1 Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima 1-0 Shanghai Shenhua
10/12 22:45 Qorabog‘ 2-4 Ayaks
10/12 22:45 Vilyarreal 2-3 Kopengagen
11/12 01:00 Atletik Bilbao 0-0 PSJ
11/12 01:00 Bayer 2-2 Nyukasl
11/12 01:00 Borussiya D 2-2 Bude-Glimt
11/12 01:00 Bryugge 0-3 Arsenal
11/12 01:00 Yuventus 2-0 Pafos
11/12 01:00 Real Madrid 1-2 Manchester Siti
11/12 01:00 Benfika 2-0 Napoli

Neymarning ishidan Tuktamisheva ham lol qoldi

Neymarning ishidan Tuktamisheva ham lol qoldi

Baho:
+ | -

Braziliyalik Neymarning o‘yinga munosabatini o‘zgartirish ilojsizdek ko‘rinmoqda. Uning maydonda tez-tez yiqilishi hattoki, rossiyalik figurali uchish ustasi Yelena Tuktamishevani ham hayratga soldi.

«Neymar? Sen avvaliga o‘zingni xuddi o‘layotgandek ko‘rsatasan, keyingi lahzada esa hech narsa bo‘lmagandek oyoqqa turasan. Bunday qilish sira yarashmaydi. Hamma yiqilyapti, bu futbol emas...», - dedi Yurgen Klopp «PSJ» - «Liverpul» o‘yini (2:1)dan so‘ng braziliyalik hujumchi harakatlariga e’tiroz ohangida. 

Aytish joiz, Neymar o‘sha o‘yinda g‘alaba goli muallifiga aylandi va Yevropa CHL tarixidagi eng sermahsul braziliyalik bo‘lib oldi. Endi uning hisobida 31ta gol bor. Biroq odatga ko‘ra, hamma Neymarning golini emas, uning simulyasiyalarini muhokama qilmoqda. Gap shundaki, braziliyalik yulduz 90 daqiqa davomida 13 marta maydonga quladi, hakam shundan 8tasida o‘yin qoidasi buzilganini qayd etdi. O‘z o‘rnida yana bir fakt: «Liverpul» futbolchilari jami 20 marta qo‘pollik ishlatishdi. 

- Mezbonlar hisobda oldinda borishdi va ochiqchasiga vaqt cho‘zishga urinishdi. Bunday holatlarda ayrimlar tez-tez maydonga qulab, kuchli og‘riq his qilishayotganini ko‘rsatishadi, - deya jig‘ibiyron bo‘ldi «Liverpul» himoyachisi Endryu Robertson.

- «PSJ»ning shunday uslubda necha daqiqa «o‘g‘irlagani»ni aytolmayman. Lekin bu juda yoqimsiz holat. «PSJ»ga qarshi o‘ynaydigan bo‘lsang, bunga ham tayyor turishing kerak».

Xususan, Neymarning xatti-harakatlari hattoki, taniqli figurachi Yelizaveta Tuktamishevaga ham yoqmadi. U «Tvitter»dagi sahifasida barchasini istehzo bilan baholadi: «PSJ» - «Liverpul» o‘yinini ko‘rdim. Neymar 90 daqiqa davomida maydonga shu qadar ko‘p quladiki, men butun faoliyatimda muz ustiga bundan kamroq yiqilgan bo‘lsam kerak...».

 

Tuktamisheva obunachilari munosabati

- Menimcha, Neymar figurali uchish bilan shug‘ullanganida, artistlik qobiliyati uchun ancha yuqori ball olardi.

- Unga futbol maydonidagi eng yaxshi aktyor sifatida «Oskar» mukofotini berish kerak.

- Aql bovar qilmas darajada iqtidorli futbolchi. Lekin bolalar va yosh klubdoshlari uchun dahshatli namuna...

- Yelizaveta, o‘zi kimsiz? Neymarni taniyman, ammo siz haqingizda hattoki, eshitmaganman. O‘ylashimcha, Neymar ham sizni bilmaydi...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 00:40, 10.12.2018.
O'qildi: 4224 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.