Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Osiyo kubogi-2019 orqali JCH-2022ga tayyorlanish mumkinmi?

Osiyo kubogi-2019 orqali JCH-2022ga tayyorlanish mumkinmi?

Baho:
+ | -

Noyabr oyi o‘rtoqlik o‘yinlariga boy bo‘ldi. Bundan tashqari, Yevropa qit’asida yangi formatdagi turnir yakuniy bosqichiga kirib keldi. Afrika Millatlar kubogi saralash bosqichi o‘tkazilmoqda.

Ayni shu o‘zgarishlar bois FIFA reytingining dast-labki yuztaligida juz’iy o‘zgarishlar kuzatilishi aniq edi. 2018 yil 29 noyabrda e’lon qilingan ro‘yxat peshqadamligida yakkahokimlik davom etmoqda.

Belgiya yana kamida 3 oy yakka o‘zi jahon futboli reytingini boshqarishi tayin. Amaldagi jahon chempioni Fransiya bu safar ham 1 ochko kam jamg‘argan holda 2-o‘rindan joy oldi. Kuchli o‘nlikda bundan tashqari faqat bir o‘zgarish bor: 5-6-o‘rinlardagi Portugaliya va Urugvay termalari bu safar o‘rin almashishgan.

Belgiya terma jamoasi yangi o‘n yillikda 92ta o‘yinning atigi 13tasida mag‘lubiyatga uchragan, xolos. Xususan, Roberto Martines boshchiligida Belgiyaning «oltin avlodi» 30ta g‘alabaga erishdi.

Afrika Millatlar kubogi saralash bosqichi davom etayotganligi hamda Madagaskar, Senegal, Tunis va Misrdan so‘ng yana 8ta davlatning 17-18 noyabrda mazkur turnir final bosqichiga yo‘l olganligi FIFA reytingida o‘z so‘zini aytdi.

O‘zbekiston terma jamoasi fevral oyidagi ko‘tarilishga (77-o‘rindan 72-o‘ringa) hali beri yaqinlasha olmasa kerak. Fevraldan beri jamoa 8ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, ularda 2 g‘alaba, 3 durang, 5 mag‘lubiyat qayd etgan.

Jahon reytingining dastlabki 50taligida qit’amizdan atigi 3ta, dastlabki 100taligida esa 17ta (o‘tgan oyga nisbatan 1taga ko‘payish bor) terma jamoa borligi, reytingning 150dan pastdagi o‘rinlarida 17ta jamoa joylashganligi vaziyat yaxshi tarafga o‘zgarmayotganligidan dalolat. Bu esa OFK mutasaddilarini chuqur o‘yga toldirishi kerak. Balki biz ham xuddi Yevropa Millatlar Ligasi singari musobaqaga asos solishimiz kerakdir? Shundagina Osiyo jamoalarining ochkolari ko‘payarmidi?! Osiyo kubogiga qadar 1 oy vaqt qolganligini, bu orada 24ta terma jamoa o‘rtoqlik o‘yinlariga zo‘r berishini inobatga olsak, yangi yildan so‘ng vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarishi lozim.

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoda 14-o‘ringa, dunyo reytingida esa 95-o‘ringa tushib qolgan. Bu safar Qatar Shveysariyani mag‘lub etgani bois, ular bilan yana o‘rin almashishga to‘g‘ri keldi.

Milliy terma jamoamiz oktyabr oyida 1 durang va 1 mag‘lubiyat tufayli 3 ochkodan mahrum bo‘lib, bir pog‘ona pastladi. 1996 yil noyabr oyida qayd etgan antirekordimiz (119-o‘rin) Ektor Kuper davrida yangilanmasligiga umid qilamiz.

Dekabr oyida FIFA kunlari yo‘q. Orada o‘tkaziladigan o‘rtoqlik o‘yinlari ham katta o‘zgarishlarni keltirib chiqarmasa kerak. Yanvarning dastlabki haftasidayoq start oladigan Osiyo kubogi - Osiyodagi barcha jamoalarga katta imkoniyat demakdir.

Oy yakunlariga ko‘ra, qit’amizda o‘rinlar bo‘yicha eng yaxshi o‘sishga Sudan (+8 o‘rin) erishgan bo‘lsa, ochkolar bo‘yicha o‘sishda olganda, Gambiya bu oyda boshqacha o‘zgarish qila oldi. Rossiya va Benin (-9) o‘rinlar bo‘yicha hammadan shiddatli qulagan. Millatlar Ligasi guruhining «A» divizioniga chiqa olmaganligi tufayli Rossiyaning qulashi tushunarlidir.

O‘rinlar bo‘yicha oy davomida eng katta o‘sishga erishgan jamoalar: 1. Sudan (+8 o‘rin). 2-3. Marokash, Gambiya (+7 o‘rin). 4-7. Serbiya, Chexiya, Kosovo (+6 o‘rin).

O‘rinlar bo‘yicha oy davomida eng katta qulash qayd etgan jamoalar: 1-2. Rossiya, Benin (-7 o‘rin). 3. Madagaskar (-6 o‘rin) 4-10. Chernogoriya, Zambiya, Zimbabve, Malavi, Botsvana, Janubiy Sudan, Timor-Leshte (-5 o‘rin).

Ochkolar bo‘yicha oy davomida eng katta o‘sishga erishgan jamoalar: 1. Gambiya (+19 ochko). 2-3. Marokash, Angola (+18 ochko). 4-5. Mozambik, Liberiya (+16 ochko).

Ochkolar bo‘yicha oy davomida eng katta qulash qayd etgan jamoalar: 1. Tunis (-22 ochko). 2. Benin (-20 ochko). 3. Burkina-Faso (-19 ochko). 4-5. Zambiya, Zimbabve (-16 ochko). 6. Madagaskar (-15 ochko).

OK-2019 guruhlaridagi jamoalarning reytingdagi o‘rinlari va shu asosda kelib chiqadigan guruhning o‘rtacha reytingi.

FIFA reytingining so‘nggi tal-qini asosida, qaysi guruhda keyingi bosqichga chiqishda o‘ta qiyin kurash kechishi ehtimolini chamalab ko‘ramiz. Biz har bir terma jamoalar reyting o‘rinlarini umumlashtirib ko‘ramiz.

«B» guruhi. O‘rtacha reyting: 80.75. Avstraliya (41), Suriya (74), Falastin (99), Iordaniya (109)

«C» guruhi. O‘rtacha reyting: 83.5. J.Koreya. (53), Xitoy (76), Qirg‘iziston (91), Filippin (114)

«E» guruhi. O‘rtacha reyting: 88. S.Arabistoni (69), Qatar (93), Livan (81), KXDR (109)

«D» guruhi. O‘rtacha reyting: 88. Eron (29), Iroq (88), Vyetnam (100), Yaman (135)

«F» gruhi. O‘rtacha reyting: 88.75. Yaponiya (50), O‘zbekiston (95), Ummon (83), Turkmaniston (127)

«A» guruhi. O‘rtacha reyting: 101,75.BAA (79), Tailand (118), Hindiston (97), Bahrayn (113)

Qatar terma jamoasi 14 noyabr kuni Shveysariyaning Lugano shahrida mezbonlarni 1:0 hisobida taslim etdi. Yagona gol mualifi Akrom Afif bo‘ldi. Oradan 5 kun o‘tib, Belgiyaning Eypen shahrida Islandiya bilan 2:2 hisobida durang qayd etishdi. 2017 yil 14 noyabrda ham bu ikki jamoa o‘zaro Doxada uchrashgan va o‘shanda 1:1 hisobi qayd etilgandi. 

JCH-2022 yo‘lida. Futbol jurnalisti, O‘FAda mas’ul boshqarmalardan birida ishlagan mutaxassis Nodirxo‘ja Yuldashevning yozishicha, O‘zbekiston terma jamoasining ayni holati JCH-2022 qur’asiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Uning fikricha, jamoa Osiyo kubogida yuqori sakrashni amalga oshira olmasa, O‘zbekiston asosiy savatchada bo‘lmaydi va birinchi bosqichning o‘zidayoq Eron, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, BAA va Suriya jamoalaridan biri bilan bir guruhdan joy olishi mumkin.

Hammasidan ham ayanchli bo‘lishi mumkin bo‘lgan holat shuki, 1-bosqichdan bor-yo‘g‘i bitta jamoa keyingi bos-qichga o‘tadi. 8ta guruhdan 4ta eng yaxshi ikkinchi o‘rinni qayd etgan terma jamoada ham imkoniyat bo‘ladi.

Yagona talab qilinadigani - Osiyo kubogi-2019da yarim finalga yetib borish. Shundagina FIFA reytingida dastlabki sakkiztalikka kirish imkoniyati bo‘ladi, agar asosiy ta’qibchimiz sovrindorlar qatoridan joy olmasa, albatta.

JCH-2018 saralash bahslari oldidan o‘tkazilgan qur’a tashlash marosimidan avval FIFA reytingi quyidagicha ko‘rinish olgandi: Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, O‘zbekiston. Eng qizig‘i, OK-2015 g‘olibi Avstraliya 10-o‘rinda bo‘lgandi.

FIFA REYTINGI (ofk bo‘yicha)

T|r    Sakrash|   Terma              Ochko    Ochko

         qulash                                          farqi (+|-)

29     +1            Eron                1481     3

41     +1            Avstraliya        1436     4

50     0              Yaponiya             1414     5

53     0              J.Koreya           1405     4

69     +3            S.Arabistoni   1335     1

74     0              Suriya               1322     2

76     -1             Xitoy               1317     0

79     +2            BAA                  1309     4

81     +1            Livan               1296     -4

83     +1            Ummon              1291     4

88     +1            Iroq                 1271     1

91     -1             Qirg‘iziston     1264     -4

93     +3            Qatar               1258     10

95     -1             O‘zbekiston      1251     -3

97     0              Hindiston        1240     -5

99     0              Falastin          1236     3

100   +2            Vyetnam           1224     4

109   +1            KXDR                1196     5

109   +3            Iordaniya         1196     7

113   0              Bahrayn           1178     -4

114   +2            Filippin         1176     5

118   0              Tojikiston      1161     0

118   +3            Tailand            1161     7

124   0              Xitoy Taypeyi  1134     -5

127   +1            Turkmaniston   1120     0

135   -4             Yaman                1106     -6

139   +2            Myanma            1085     5

141   +3            Gonkong            1078     7

147   -2             Afg‘oniston      1068     0

152   -1             Maldiv           1046     -3

158   -1             Kuvayt              1018     -2

160   0              Indoneziya        1003     -1

162   -1             Nepal               1001     0

165   0              Singapur          991       0

167   +2            Malayziya         984       10

172   -2             Kambodja        970       -3

183   +1            Makao               925       0

184   -3             Laos                 923       -14

186   +2            Butan               917       0

188   -2             Mo‘g‘uliston      915       -8

192   +2            Guam                 907       0

192   +2            Bangladesh       907       0

195   +1            Bruney             903       0

196   -5             Timor-Leshte    900       -10

199   0              Pokiston          888       -2

201       0          Shri-Lanka       886       0


Eslatib o‘tamiz, navbatdagi FIFA reytingi 2018 yil 20 dekabrda e’lon qilinadi. 

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 04:03, 10.12.2018.
O'qildi: 4873 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.