Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa

O‘zbekiston sport mutaxassislarini tayyorlashda Belarus tajribasini joriy etadi

O‘zbekiston sport mutaxassislarini tayyorlashda Belarus tajribasini joriy etadi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

MINSK – Belarusdagi Respublika davlat olimpiya zaxiralari bilim yurtidagi sport mutaxassislari tayyorlash tajribasi 2019 yildan boshlab O‘zbekistonda joriy etiladi. Bu haqda 10 dekabr kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Belarus davlatiga qilgan ishchi tashrif davomida aynan mazkur masala bo‘yicha Belarus Turizm va sport vazirligi vakillari bilan muzokara olib borgan. Vazir Belarusda yo‘lga qo‘yilgan sport mutaxassislarini tayyorlash tizimi bilan tanishgan.

O‘zbekiston delegasiyasi tomonidan mazkur bilim yurtiga o‘quvchilarni tanlab olish va tayyorlashda amal qilinayotgan tizim hamda tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv reja va dasturlar o‘rganilgan. Tomonlar belaruslik mutaxassislarni jalb qilgan holda O‘zbekistondagi olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida ushbu tizimni joriy etish bo‘yicha kelishib olishgan.

Shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bazasida Belarus davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikda fakultet ochish orqali ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab hamkorlikdagi fakultetda kadrlar tayyorlash “2+2” tartibida amalga oshiradi, bunda talabalarga 2 yil O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bazasida nazariy bilimlar o‘qitilsa, keyingi 2 yil Belarus davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining o‘quv-amaliy (sport) bazalarida ta’lim beriladi.

Bundan tashqari, tomonlar qishki sport turlari bo‘yicha trenerlar tarkibini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ham kelishib olishdi.

Manba: turon24.uz
Kiritildi: 15:28, 11.12.2018.
O'qildi: 1772 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.