Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dolera Davronova ham Misrdagi reyting turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Dolera Davronova ham Misrdagi reyting turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Misr poytaxti Qohira shahrida og‘ir atletika bo‘yicha qizlar o‘rtasida xalqaro turnir o‘tkazildi.

Olimpiya o‘yinlariga reyting ochkolarini jamg‘arish imkonini beradigan ushbu turnirda yurtimiz sharafini Muattar Nabiyeva, Kumushxon Fayzullayeva, Dolera Davronova va Tursunoy Jabborovalar himoya qilishdi.

Bungacha musobaqada ishtirok etgan hamyurtlarimizdan Muattar Nabiyeva -55 kg vazn toifasida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, uchta oltin medalni, Tursunoy Jabborova -76 kg vazn toifasida bronza medalni qo‘lga kiritishgan edi.

Bugun o‘tkazilgan bahslarda -87 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchimiz Dolera Davronova dast ko‘tarishda dast ko‘tarishda 83 kg., siltab ko‘tarishda esa 113 kg. toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va ikkita oltin medal sohibasiga aylandi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Misrdagi chiqishlarini 5 ta oltin va 1 ta bronza medallari bilan yakunlashdi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 18:16, 13.12.2018.
O'qildi: 1965 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.