Tartib-intizom futbolda katta yutuqlarga erishishda muhim omillardan biri hisoblanadi. Agressiv harakatlarsiz ham dunyoni o’ziga qarata olgan shunday futbolchilar borki, ular faoliyatlari mobaynida yuzlab o’yinlarda maydonga tushishgan. Lekin biron marotaba ham qizil kartochka olishmagan. Bugun shunday futbolchilar haqida so’z boradi.
Raul Gansales (900 dan oshiqroq o’yin o’tkazgan)
Qirolik klubining afsonaviy sardori deyarli 600 ga yaqin o’yinda maydonga tushib biron marotaba qizil kartochka olmagan ekan. Raul eng kamtarin super yulduzlar sirasiga kiradi. Uning eng sevgan mashg’uloti kitob o’qish bo’lgan futbolchini hatto “Barselona” muxlislari ham tik turgancha olqishlashganini eslasangiz kerak.Yaqin o’tmishningeng chiroyli texnika egasi bo’lgan Raulni bo’lajak futbolchilar uchun namuna deya olamiz.
Garriy Liniker (600 dan oshiqroq o’yin o’tkazgan)
Inglizlarga hos jentelmenlik Linikerning qonida bor. Bu futbolchi ham butun kariyerasi mobaynida biron marotaba maydondan haydalmagan ekan. “Tumanli albiyon”da o’yinlar kurashlarga boy bo’lishini hisobga olsak, ko’rsatgich havas qilgudek. Eng qizig’I Lineker “Barsa” tarkibida ham 3 mavsum to’p tepgan. Bu mavsumlarda esa hatto sariq kartochkaga ham loyiq ko’rilmagan ekan. Filip Lam(600 dan oshiqroq o’yinda ishtrok etgan) Bunisiga ishonish qiyin. Qanday qilib qanot himoyachisi shuncha o’yinda biron marotaba ham maydondan chetlatilmagan bo’lsa. Ustiga ustak zamonaviy futbolda asosan qanotlardan hujum qilish urf bo’lganini hisobga olsak, bu shunchaki fantastika!Lam uzoq yillik faoliyati mobaynida deyarli imidjini ham o’zgartirmagan ekan. Bu qaxramonimiz qanot himoyachisi pazitsiyasida harakat qilib,Jahon chempioni, YCHL da g’olib bo’lganini hisobga olsak, ko’rsatgan natijasi tahsinga sazovor.
Mishel Platini (550 tadan oshiqroq o’yinda ishtrok etgan)
Moziy yulduzlari sirasiga kiruvchi sobiq futbolchi ham namunali inson edi. U maydonda ham, uning tashqarisida ham chinakam yetakchilardek o’zini tutardi. Afsuski futbol ortidan qozonilgan shuhratga keyinchalik UEFA dagi bazi dilxiraliklar hiyla soya solib qo’ydi. Lekin o’sha zamon futbolida butun faoliyati davomida qizil kartochka olmaslik qoyilmaqom natija. Ledliy King(300 ta o’yinda ishtirok etgan) Bunisi hammasidan oshib tushdi. “APL ning eng baquvvat himoyachisi” deya eslanadigan ulkan Ledliy King faoliyati davomida biron marotaba jamoadoshlarini qiyin ahvolda tashlab ketmagan ekan. APL dagi murosasiz o’yinlarni hisobga olsak “Taqachilar” sardori juda ham toza o’ynagani ma’lum bo’ladi. Uning o’yinlarini “Tottenham” muxlislari yaxshi xotiralar bilan eslashadi.
Joa Mautinyo (400 tadan oshiqoq o’yinda ishtrok etgan)
Portugaliyalik tayanch yarim himoyachi kariyerasi mobaynida ko’plab “katta” o’yinlarda ishtirok etganiga qaramasdan biron marotaba qizil kartochkani ko’rmagan ekan. O’zi uning zonasi aynan raqib hujumini to’xtatish uchun mo’ljallangan. Lekin Moutinyo buni zararsiz yo’lini topa olgan kam sonli tayanch yarim himoyachisi sanaladi. To’gri, u faoliyati mobaynida 87 bor sariq kartochkaga loyiq ko’rilgan, lekin, o’z vaqtida to’xtashni bilgani uchun biron marotaba jamoadoshlarini yolg’izlatib qo’ymagan ekan.
Y.U.Y