Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Buxoro viloyatining eng chekka tumanida yangi yopiq turdagi suzish havzasi foydalanishga topshirildi

Buxoro viloyatining eng chekka tumanida yangi yopiq turdagi suzish havzasi foydalanishga topshirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev aholining barcha qatlamlari o‘rtasida sportni ommalashtirish, sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar, sport inshootlarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatini o‘rganish maqsadida Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Vazir dastlab Buxoro shahrida Islom Karimov ko‘chasi va Ibn Sino ko‘chasi kesishmasida 4 ming tomoshabinga mo‘ljallab qurilayotgan Universal sport majmuasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Prezidentimizning 2017 yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga qilgan tashrifi doirasida bergan topshiriqlariga asosan bunyod etilayotgan ushbu sport inshootida 15 dan ortiq sport turi bo‘yicha mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi musobaqalarni o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.

2018 yilda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Buxoro viloyatida beshta sport ob’ekti qurildi.

D.Nabiyev dasturga asosan viloyatning eng chekka hududi hisoblangan, Turkmaniston bilan chegaradosh Olot tumanida qurib foydalanishga topshirilayotgan 25x11 m hajmdagi yopiq suzish havzasining tantanali ochilishi marosimida ishtirok etdi.

Tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan Dilmurod Nabiyev Prezidentimiz tomonidan respublikamizning eng chekka hududlarida ham sport bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish vazifasi topshirilganini ta’kidlab, foydalanishga topshirilayotgan ushbu suzish havzasi kelajakda yoshlarni suzish sport turiga qiziqishlarini orttirib, ularni nufuzli xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishlarida poydevor bo‘lib xizmat qilishiga hamda Olot tumani aholisini suzish sport turi orqali sog‘lomlashtirishga xizmat qilishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar Buxoro viloyatida “Yoshlar haftaligi”, “Xotin-qizlar haftaligi”, “Mahalla va nuroniylar haftaligi” va “Ta’lim muassasalari haftaligi” davomida 990 ta sport musobaqalari tashkil etilib, ularda 130 nafardan mingdan ortiq kishilar (shundan 43 ming nafar ayollar) ishtirok etishdi. Shuningdek, sport inshootlari va tashkilotlarda yo‘lga qo‘yilgan ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlariga 130 ming nafardan ortiq aholi jalb etildi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 20:03, 15.12.2018.
O'qildi: 2288 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.