Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

O‘ziga o‘xshamagan «professional» liga yoxud taqdirlash marosimining «tomosha»lari...

O‘ziga o‘xshamagan «professional» liga yoxud taqdirlash marosimining «tomosha»lari...

Baho:
+ | -

Kuni kecha O‘zbekiston professional futbol ligasi yangicha tartibda tashkil etilgan 2018 yilgi mavsum laureatlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Ushbu jarayon saytimiz va turli ommaviy axborot vositalari orqali jonli tarzda keng yoritildi. Hozir bu haqda so‘z yuritmoqchi emasman, aksincha, ayrim mulohazalarim bilan o‘rtoqlashishni lozim topdim.

Yil yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan ushbu marosimda quyidagi nominasiyalarda, ya’ni O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi, eng yaxshi yosh futbolchisi, eng yaxshi murabbiyi, eng yaxshi darvozaboni, eng chiroyli goli, eng yaxshi ayol futbolchisi, eng yaxshi futzalchisi, PEPSI Superliga-2018 to‘purari, “Fair Play” sovrini, O‘zbekiston PFL maxsus sovrini, shuningdek, mavsum davomida o‘z sohasi bo‘yicha qolgan klublarga o‘rnak bo‘ladigan tarzda faoliyat ko‘rsatgan eng yaxshi matbuot xizmati, eng yaxshi marketing xizmati, qolaversa, muxlislar bilan ishlashda yaxshi natijalarga erishgan fan-klublar ham taqdirlanishdi.

Taqdirlash marosimining “tomosha”lari...
Bir qarashda hammasi binoyidek tashkillashtirildi, lekin... Avvalo eng yaxshi yosh futbolchi nominasiyasiga to‘xtalsak. Bu nomga “Nasaf” klubi hamda mamlakat olimpiya terma jamoasi hujumchisi Bobir Abduholiqov, “Navbahor” a’zosi Oston O‘runov hamda “Bunyodkor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi Jasur Jamoliddinov da’vogarlik qilishi biroz ilgari PFL saytida ham e’lon qilingandi. Ayonki bu kurashda Jasurga non yo‘q edi. Xolisona baho beradigan bo‘lsak, Bobir mavsum-2018da nafaqat O‘runov, balki boshqalardan ham yorqinroq o‘yin namoyish etdi. Va yakunda uni Superliga-2018 ramziy terma jamoasiga kiritishdi. “Navbahor” vakili esa adashmasam ramziy terma jamoaga nomzodlar qatoridan ham o‘rin olmagandi. Ammo, “Yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi” nominasiyasida PFL Ostonni g‘olib deb e’lon qildi, Bobirni emas. Bu hol sizga biroz erish tuyulmayaptimi?

“Yilning eng yaxshi murabbiyi” nominasiyasida Andrey Fyodorov g‘olib bo‘ldi. Bunisi tushunarli, negaki u yangi tartibda o‘tkazilgan Superligada “Lokomotiv”ni chempion qildi, boz ustiga prinsipial raqibi “Paxtakor”ni hal qiluvchi bosqichning har ikki uchrashuvida mag‘lubiyatga uchratdi. Demak, u eng yaxshi murabbiy bo‘lishga har jihatdan munosib. Biroq, MAVSUM-2018ning ramziy terma jamoasiga bosh murabbiylik uchun Mirjalol Qosimov nomzodi loyiq ko‘rildi. Mirjalol akaning joriy mavsumda “Bunyodkor”da amalga oshirgan xizmatlarini kamsitmagan holda PFLga shunday savol bilan murojaat qilmoqchiman: nega ramziy terma jamoa murabbiyi boshqa-yu “Yilning eng yaxshi murabbiyi” nominasiyasida boshqa kishi g‘olib bo‘ladi? Bu bilan mamlakat ichki futboliga mas’ul tashkilot dallollik vazifasini bajaryaptimi, ya’ni “siz bu sovrinni qo‘lga kiritdingiz, bunisini esa boshqaga beramiz”, qabilida. U holda qandaydir ovoz berish jarayonlarini o‘tkazish kimga kerak?!

Va nihoyat ko‘pchilikni ajablanishiga sabab bo‘lgan “Yilning eng yaxshi futbolchisi” nominasiyasiga ham yetib keldik. Bu nomga da’vogarlar qatorida “Lokomotiv” hujumchisi Marat Bikmayev, “Bunyodkor” sardori Javlon Ibrohimov hamda “Paxtakor” to‘purari Tyago Bezerra nomzodi ko‘rsatilgan edi. Javlon mavsumni yomon o‘tkazmadi, biroq “qaldirg‘ochlar” safida biron-bir unvonni qo‘lga kiritolmagani uning zarariga ishladi nazarimda. Bezerra “Paxtakor”da yetakchilik mavqeini qo‘lga oldi, chempionat yakunida mavsum to‘purarligini ham qo‘lga kiritdi. Biroq, eng muhim o‘yinlarda, ya’ni “Loko”ga qarshi chempionlik taqdiri hal bo‘lgan hamda AGMKga qarshi O‘zbekiston kubogi finalida nima karomat ko‘rsatdi?

Marat esa “Lokomotiv” bilan qatorasiga uchinchi marotaba chempion bo‘ldi, ayniqsa oltin medal taqdiri hal bo‘lgan “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda o‘ziga xos qahramonlik ko‘rsatdi. Qolaversa Bikmayev milliy termamiz tarkibida ham chiroyli o‘yinlar namoyish etdi, ayniqsa bosh jamoamizning argentinalik ustozi Ektor Kuper boshchiligida hozircha yorqin bo‘lib turgan KXDR va Qatar terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda haqiqiy hujumchi qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib qo‘ydi. Endi o‘zingiz baho bering, “Yilning eng yaxshi futbolchisi” bo‘lishga kim munosibroq edi?!

Ikki og‘iz MAVSUM-2018 haqida
Joriy yildan O‘zbekiston chempionati yangi tartibda o‘tkazildi. PFL qaroriga ko‘ra ilgarigi Oliy liga Superligaga aylantirildi va unda 12 jamoa qatnashdi. 1-liga esa Pro-liga deb nomlandi va jamoalar darajasiga ko‘ra ikki guruhga taqsimlangan holda bahslarga kirishdi.

“V” guruhida o‘yinlar guyoki rasmiyatchilik uchun o‘tkazildi va mavsum oxiriga kelib ba’zi jamoalar hattoki safar o‘yini tugul o‘z maydonidagi uchrashuvni ham tashkil etishga imkon topolmadi. “A” guruhidagi o‘yinlar esa ancha murosasiz kechdi, deyish mumkin. Ammo klublarning moddiy ahvoli, maydonlar holati borasida Pro-liga tugul, hatto Superligada ham amalga oshiriladigan ishlar talaygina.

Zamonaviy futbolda marketing tizimi muhim o‘rin tutadi, ammo bizning klublarda bu masalaga hali ham panja ortidan qarash holatlari davom etmoqda va negadir PFL mana shu jihatlarga ham e’tibor qaratishda oqsamoqda.

Stadionlarga muxlislarning tashrifi borasida mavsum avvalida anchagina ijobiy ko‘rsatkich qayd etildi. Biroq, jo‘jani sanaydigan pallaga kelib Superliga va Pro-ligada o‘yinlarni tomosha qilish uchun stadionga kelgan tomoshabinlarni bemalol sanab chiqish mumkin edi. Bundan xulosa qiladigan bo‘lsak, yangi tartib muxlislarga manzur bo‘lmagan. Aks holda mavsum oxiriga kelib muxlislar tashrifi bu qadar pasayib ketmasdi, yana bilmadim.

Har bir mavsum yangi iste’dodlarni kashf etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli, biroq 2018 yilgi O‘zbekiston chempionatida biron-bir yosh futbolchini yarq etib porladi, deyishga ochig‘i istihola qiladi kishi. Negaki bunday futbolchining o‘zi yo‘q. Demak, PFL bu borada ham jiddiy ishlashi, klublarimiz oldiga yoshlarga katta e’tibor qaratish talabini qo‘yishi kerak. Ha, qanchalik achinarli bo‘lmasin, xalqimiz biron-bir vazifani rahbariyat talab qilgandagina bajarishga ko‘nikib qolgan, chunonchi futbolimiz korchalonlari ham.

Endi nima qilish kerak?!
Nazarimda Superligada 12ta jamoa tizimi o‘zini oqlamadi. Bu borada O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Professional futbol ligasi jiddiy bosh qotirishi kerakka o‘xshaydi. To‘g‘ri, futbolimiz elitasi ishtirokchilari sonini oshirish muammo emas, lekin klublar bunga tayyormi, degan savol tug‘iladi. Shunday mulohaza yuritadigan bo‘lsak, joriy mavsum Superligada ishtirok etgan 12ta klubdan qanchasi iqtisodiy qiyinchilikni boshdan kechirmadi, deb aytolasiz. Mening bilishimcha 2018 yilgi mavsumda “Paxtakor”, AGMK, “Metallurg”, “Qizilqum” singari uch-to‘rtta klubni hisobga olmaganda aksariyat jamoalar moliyaviy qiyinchilikni boshdan kechirishdi, ayrimlari hamon kechirishmoqda, futbolchilar oldidagi qarzlarini uzisholmayapti. Demak, iqtisodiy baquvvat klublargina Superligada qatnashadi, degan talab o‘zini oqlamaydi. 14ta jamoa variantiga keladigan bo‘lsak, bunda chempionatda jamoalar ikki davrali tizimda atigi 26ta o‘yin o‘tkazishadi, bu esa futbol ustalari mavsum davomida jismoniy holatini bir maromda ushlab turishi uchun kamlik qiladi. Ammo, 14ta jamoani oqlaydigan omil, hukumat topshirig‘iga ko‘ra mamlakatimizda 14ta futbol akademiyasini ochish belgilangan va ularda kamolga yetishadigan futbolchilar faoliyatini davom ettirishda muammoga duch kelmasligiga umid qilish mumkin. Lekin, biz uchun eng optimal variant baribir 16ta jamoa. To‘g‘ri, ayni paytda yurtimizda OFKning lisenziyalash talabiga javob beradigan buncha jamoa topish amri mahol. Lekin, masalaga bunday yondashadigan bo‘lsak, 12ta jamoamiz ham OFK va FIFA talablarini bajarishda muammoga duch kelishayotgani hech kimga sir emas. Shunday ekan, vaziyatga real qaragan holda milliy futbolimizni rivojiga xizmat qiladigan qarorni qabul qilish kerak.

Manba: XS
Kiritildi: 14:19, 17.12.2018.
O'qildi: 5196 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.