Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Supernatijaga erishmagan superjamoa

Supernatijaga erishmagan superjamoa

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Sarlavhani o‘qib ajablanmang. Bugun biz Yevropaning top jamoasi emas, «Paxtakor» haqida to‘xtalmoqchimiz. Zero, klubda o‘tgan yili katta o‘zgarishlar ro‘y berib, tarkib ancha yangilandi. Legioner futbolchilar, bosh murabbiy - Shota Arveladze... Hatto, yangi stadion loyihasi ham tayyorlandi. Klub mutasaddilari shundan so‘ng tez orada «Paxtakor»ning superjamoaga aylanishini aytib o‘tishdi. Lekin hozircha «sherlar» o‘yin va natija borasida hali bunday e’tirofga loyiq emasligi ko‘rinib qoldi...

Yuqorida ta’kidlanganidek, o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida «Paxtakor»da rahbariyat o‘zgardi. Tabiiyki, yangi rahbariyat jamoani qaytadan shakllantirishga kirishdi. Chunki klubning natijasi tobora pasayib borayotgandi. Shu maqsadda, bosh murabbiylikka Shota Arveladze taklif etildi. Tarkib esa dastlab asosiy raqobatchilardan biri - «Nasaf»ning ikki yetakchisi Eldor Suyunov va Sherzod Aza’mov, keyinchalik legionerlar Tiago Bezerra, Marko Simich, Rostin Griffitslar hisobiga to‘ldirildi. Asta-sekin natija va o‘yin sifati yaxshilanib, «Paxtakor» chempionatda 3-o‘rinni egalladi. Bu ijobiy natija edi, zero «sherlar» mavsumning dastlabki qismini o‘rtamiyonalar qatorida yakunlashgandi. Endilikda bor e’tibor kelasi mavsumga qaratilishi ma’lum qilindi.

2018 yilgi mavsum boshida «Paxtakor» jamoasiga yangi futbolchilar kelib qo‘shilishdi. «Nasaf»dan Bahrom Abdurahimov, Dilshod Rahmatullayev, Akmal Shorahmedov, serbiya-lik Dragan Cheran, shuningdek, portugaliyalik Ismoil Gonsalveshlar yangi mavsumda «sherlar»ga aylanishdi. Boz ustiga, jamoaning sobiq himoyachisi Yegor Krimes ham qaytib keldi. Albatta, «Paxtakor»ning oldiga jiddiy vazifalar qo‘yildi: ichki chempionat va kubok o‘yinlarida g‘oliblik, OCHL-2018da ijobiy natijaga erishish. Jamoa OCHL o‘tish o‘yinida Qatarning «Al-Garafa» klubiga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi. Lekin afsuski, tarkibida Uesli Sneyderdek futbolchisi bor jamoa vakillarimizni Toshkentga quruq qo‘l bilan qaytarib yubordi. «Paxtakor» «Al-Garafa»ga mag‘lub bo‘lib, yo‘llanmani boy berdi. Shota Arveladze esa bunga sabab sifatida shogirdlarining ehtiyotsizlik oqibatida qilgan xatolarini aytib o‘tdi. Bu murabbiyga dastlabki ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi. Undan to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun vaqt bor edi.

Shundan so‘ng asosiy e’tibor milliy chempionatga qaratildi. Yangicha formatda o‘tkazilayotgan ichki birinchilikda «Paxtakor» mavsumni yaxshi boshladi. Ketma-ket g‘alabalar, Bezerra, Gonsalveshning ajoyib o‘yinlari muxlislarni xursand qila boshladi. Jamoa avvalgi holatiga qaytayotgandek edi. Ammo... Mavsumning ikkinchi yarmiga kelib, «Paxtakor» o‘yinida pasayish kuzatildi. «Sherlar» shunday o‘yin namoyish etishdiki, mavsum boshidagi «Paxtakor» yo‘qolib qolgandek edi, go‘yo. Maydondagi pala-partish harakatlar, mag‘lubiyatli o‘yinlardan so‘ng ruhiy tushkunlik namoyon bo‘la boshladi. Markaziy uchrashuvlarda yetakchilar ko‘rinishmadi. Barqarorlik yetishmadi va bu chempionatning hal qiluvchi davrasida pand berdi. Arveladze shogirdlari chempionlik poygasida «Lokomotiv»ga imkoniyatni boy bergan bo‘lishsa, kubok bahsining hal qiluvchi o‘yinida Superliga autsayderlari qatorida yurgan AGMKga yutqazib qo‘yishdi. Kutilmagan natija, shunday emasmi? Lekin maydon tekis, to‘p dumaloq!

To‘g‘ri, «Paxtakor»ning salbiy natijalarida Shota Arveladzening ham «hissasi» bor. Uning asosiy muammosi - o‘tgan vaqt davomida jamoani shakllantira olmaganligida! Chunki tarkib borasida muammo yo‘q. Arveladzega xohlagan futbolchisini olib berishdi. Lekin u bunday imkoniyatdan ham unumli foydalana olmadi. Ba’zi o‘yinlarda taktik yondashuvlarda adashgan bo‘lsa, ko‘p hollarda yuqorida aytilgandek, jamoaning ruhiyatini ko‘tara olmadi. Zamonaviy futbolda esa ruhiy ustunlik alohida ahamiyat kasb etadi.

Oddiy misol, Mirjalol Qosimov murakkab holatga tushib qolgan «Bunyodkor»ni qanday boshqardi? Boz ustiga, moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan bir payt-da? Albatta, ruhiy ustunlik bilan! Arveladze esa shunday jihatni jamoaga hali ham singdirolmadi. Yaqinda bergan intervyusida «Paxtakor»da qolishi mumkinligini aytib o‘tdi, chunki uning shartnoma muddati nihoyasiga yetdi. Klub rahbarlari unga yana imkon berishadimi, yo‘qmi, buni albatta, vaqt ko‘rsatadi. Biz esa yangi mavsumda boshqacha «Paxtakor»ni ko‘rishdan umidvormiz.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:37, 18.12.2018.
O'qildi: 5728 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.