Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton
01/10 13:00 Sentrel Kost 1-2 Buriram Yunayted
01/10 15:00 Kavasaki Frontale 0-1 Kvangju
01/10 15:00 Poxang Stilers 3-0 Shangxay Port
01/10 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Shanghai Shenhua
01/10 21:00 Sepohon 4-0 Istiqlol Dushanbe
01/10 21:00 Sharja 2-2 Al-Vihdat
01/10 21:45 Zalsburg 0-4 Brest
01/10 21:45 Shtutgart 1-1 Sparta
01/10 23:00 Al-Hilol 5-0 Ash-Shorta
01/10 23:00 Al-G‘arafa 4-2 Al-Ayn
01/10 23:59 Arsenal 2-0 PSJ
01/10 23:59 Bayer 1-0 Milan
01/10 23:59 Borussiya D 7-1 Seltik
01/10 23:59 Barselona 5-0 Yang Boyz
01/10 23:59 Inter 4-0 Srvena Zvezda
01/10 23:59 PSV 1-1 Sporting
01/10 23:59 Slovan 0-4 Manchester Siti

Keyingi bekat – Osiyo

Keyingi bekat – Osiyo

Baho:
+ | -

Futbol olamida shunday davr bo‘ladiki, unda top-futbolchilarning o‘yinlari ham asta-sekin pasaya boshlaydi. Vaqt o‘tishi nuqtai nazaridan, qolaversa, boshqa sabablar bilan ham, albatta. Ba’zilari jamoada qolib, o‘z o‘yinlarini davom ettirishsa, qolganlari o‘z omadlarini boshqa yerda sinab ko‘rish, aniqrog‘i, orttirgan tajribalarini begona qit’alarda baham ko‘rish uchun ham jamoalarini o‘zgartirishadi. Chunki hozir har bir jamoada ichki raqobat o‘smoqda. Raqobatda yengilgan futbolchilar esa bugungi kunda asosan Osiyodan panoh topishmoqda. Quyidagi ma’lumotlar asosida ana shunday futbolchilar faoliyatiga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

ALESHANDRE PATO («TYANJIN KUANJIAN», XITOY)

Braziliyalik futbolchini ko‘pchilik «Milan»dagi faoliyati orqali yaxshi eslaydi. Pato «rossoneri» safiga qo‘shilgan paytda unga jamoaning kelajagi sifatida ta’rif berishgandi. Dastlabki ikki mavsumni yuqori saviyada o‘tkazgan forvard keyinchalik yo‘qolib qoldi. Milanni tark etganidan so‘ng, u «Korintians», «San-Paulu», «Chelsi» va «Vilyarreal»da faoliyat yuritdi. Bu jamoalarda ham omadi yurishmagan Patoni 2017 yilda Xitoyga taklif etishdi va u «Tyanjin Kuanjian» klubi bilan shartnoma imzoladi. Hozirda Aleshandre Chin yurti jamoasida 59ta bahsda maydonga tushib, 32ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

OSKAR («SHANXAY SIPG», XITOY)

Yana bir braziliyalik. Oskar bunday qaror qabul qilishda sal shoshdi, nazarimizda. Chunki hozir 27 yoshda va bemalol 4-5 yil yuqori saviyada o‘ynay olishi mumkin edi. Ammo kutilmaganda u 2016 yilda Xitoyga yo‘l oldi va hamyurtimiz Odil Ahmedovning jamoadoshiga aylandi. Hanuzgacha nima uchun bunday qarorga kelgani ma’lum emas. Hozircha futbolchining Xitoydagi ishlari joyida: jamoasi bilan mamlakat chempioniga aylandi. Balki kelajakda yana Yevropa yashil maydonlariga qaytar?! Buni albatta, eng oliy hakam - vaqt ko‘rsatadi.

ANDRES INYESTA («VISSEL KOBE», YAPONIYA)

Inyestaning qanday futbolchi ekanligini ko‘pchilik yaxshi biladi. U «Barselona»da 16 yil to‘p surdi. Bu vaqt ichida qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga ega chiqdi. Joriy yil o‘z o‘rnini yoshlarga bo‘shatib, Yaponiyaning «Vissel Kobe» klubi safiga qo‘shildi. Hozirda u ham o‘zining yuksak tajribasi bilan jamoasiga yordam bermoqda. Yaqinda e’lon qilingan xabarga ko‘ra, sobiq klubdoshi David Vilya ham ushbu klubga o‘tishi mumkin ekan. Agar mazkur transfer amalga oshsa, biz yana Inyesta - Vilya tandemini ko‘rishimiz mumkin.

XALK («SHANXAY SIPG», XITOY)

Xalk ham aksariyat vatandoshlari kabi 2016 yilda Xitoy tomon yo‘l olgandi. Hujumchi «Zenit»ni tark etib, «Shanxay SIPG» jamoasi a’zosiga aylandi. Umuman, Xalk boshqalarga nisbatan o‘zgacha yo‘nalishga ega: u top-jamoalarda o‘ynashga unchalik qiziqmaydi. Xalk to‘p surgan klublarning eng kuchlisi «Portu» ekanligi bunga yaqqol misol. U ham jamoasi uchun ajoyib o‘yin namo-yish etib, muhim bahslarda o‘zini ko‘rsatmoqda. Kuchli zarbaga ega forvard yaqinda Xitoy chempioniga aylandi. Qo‘shimchasiga yangi shaxsiy samolyotiga ham ega bo‘ldi.

UESLI SNEYDER («AL-GARAFA», QATAR)

JCH-2010 finalchisi ham 34 yoshida Yevropadan Osiyoga qarab yo‘l oldi. Gollandiyalik futbolchi 2018 yilning boshida Qatarning «Al-Garafa» jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Klub rahbarlari uning tajribasiga ishonishdi. Top-jamoalarning sobiq a’zosi hozircha bu ishonchni oqlayapti: Sneyder o‘z klubida sardor bo‘lish bilan birga, muhim gollarni ham urmoqda. Eng asosiysi, u ajoyib o‘yinlari orqali jamoaning yosh a’zolariga Yevropa futboli havosini singdirmoqda.

FERNANDO TORRES («SAGAN TOSU», YAPONIYA)

So‘nggi yillarda o‘z o‘yinini yo‘qotib qo‘ygan ispaniya-lik hujumchi ham o‘z omadini Osiyoda sinab ko‘rishga qaror qilib, 2018 yilda «kunchiqar yurt» tomon otlandi. Torres «Sagan Tosu» jamoasi a’zosiga aylandi. Mahoratli forvard yangi klubiga asta-sekin moslashib, hozircha 11ta o‘yinda 1ta gol urdi. Albatta, mazkur ko‘rsatkich unga yarashmaydi. Ishonchimiz komilki, Fernando tez orada avvalgidek sermahsullikka erishadi.

GABI («AL-SADD», QATAR)

«Atletiko» Madrid jamoasini erkin agent sifatida tark etgan ispaniyalik yarim himoyachi uzoq vaqt klubsiz qolgani yo‘q. Unga tez orada qatarliklar taklif bilan chiqishdi. Gabi ushbu chorlovni qabul qilib, 2018 yilning yozida «Al-Sadd» jamoasi a’zosiga aylandi. Uning vatandoshi Xavi ham shu klubda to‘p suradi. Gabining bunday qarorga kelishida shu jihat ham alohida ahamiyat kasb etdi. Hozirda «Al-Sadd» yarim himoyasi ancha mazmunli o‘yin namoyish etmoqda. Xavi - Gabi tandemi ajo-yib hujumlar tashkil etish bilan birga, mahalliy futbolchilarga o‘ziga xos tajriba maktabi vazifasini ham o‘tamoqda.

XAVI («AL-SADD», QATAR)

Ispaniyalik futbolchiga ortiqcha ta’rif berish shart emas. Uning «Barselona»da qanday natijalarga erishganini ko‘pchilik yaxshi eslaydi. Xavi 2015 yildan beri Qatarda, o‘z o‘yinlari bilan barchani mamnun etmoqda. To‘g‘ri, avvalgidek barqaror o‘ynay olmasada, maydondagi aqlli qarorlari bilan jamoasida yetakchilik qilib, barchaga o‘rnak bo‘lmoqda. Boz ustiga, yuqorida ta’kidlanganidek, hamyurti Gabi ham shu klubda o‘ynayapti. Darvoqe, Xavi kelajakda Qatar termasini boshqarishi mumkin. Chunki ushbu Osiyo mamlakati futboli mutasaddilari o‘z uylarida o‘tadigan jahon chempionatida terma jamoa bosh murabbiyi sifatida Xavi faoliyat yuritishini istashmoqda. Albatta, bu jarayon amalga oshib, termani boshqarsa, Xaviga omad tilaymiz!

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 22:07, 19.12.2018.
O'qildi: 2665 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.