Kirish Ro'yxatdan o'tish

Chim ustida xokkey: O‘zbekiston terma jamoasi Afg‘onistonni mag‘lub etdi

Chim ustida xokkey: O‘zbekiston terma jamoasi Afg‘onistonni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Pokistonning Lahor shahri mezbonlik qilayotgan chim ustida xokkey sport turi bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi “Hockey Series Open” xalqaro turnirining birinchi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi Afg‘oniston vakillarini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

17-22 dekabr kunlari o‘tkaziladigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 18 dekabr kuni o‘zining birinchi uchrashuvini o‘tkazdi va afg‘onistonlik xokkeychilarga qarshi maydonga tushib, 11-0 hisobida zafar quchdi.

Endi O‘zbekiston terma jamoasi birinchi bosqichdagi qolgan guruhdoshlari: Qozog‘iston, Nepal terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Jamoa 20 dekabr kuni Nepal jamoasi bilan bahslashsa, 22 dekabr kuni Qozog‘iston jamoasiga qarshi o‘yin olib boradi.

Guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa 2019 yil Hindistonda bo‘lib o‘tadigan ushbu turnirning final bosqichiga yo‘llanma oladi. Hindistondagi final bosqichida Tokio-2020 Olimpiadasi uchun yo‘llanma sohiblari aniqlanadi.

Kiritildi: 01:57, 20.12.2018.
O'qildi: 2228 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.