Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Paraosiyo o‘yinlari qahramonlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanishdi

Paraosiyo o‘yinlari qahramonlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, shu yilning 6-13 oktyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida III Paraosiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tgandi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik paralimpiyachilar har qachongidanda muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumiy hisobda 77 ta medal – 35 ta oltin, 24 ta kumush va 18 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgandilar. Bu orqali O‘zbekiston Paraosiyo o‘yinlarida medallar sifati bo‘yicha ham, soni bo‘yicha ham o‘z rekordini yangiladi.

Bugun «Olimpiya shon-shuhrati muzeyi»da ana shu o‘yinlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan paralimpiyachilarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Paralimpiya Milliy assosiasiyasi raisi Ulug‘bek Mirhaydarov, III Paraosiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar, ularning murabbiylari va boshqalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan «III Paraosiyo o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash to‘g‘risida»gi farmoyishiga binoan oltin medal sohiblari 5 000, kumush medalni qo‘lga kiritgan sportchilar 3 000, bronza medaliga ega chiqqan paraatletlar esa 2 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanishdi. Sovrindor sportchilarning murabbiylari ham farmoyishga asosan (oltin – 2 500, kumush – 1 500, bronza 1000 AQSH dollari) mukofotga sazovor bo‘lishdi.

Tadbir davomida shuningdek, yengil atletikachi Husniddin Norbekov, suzish bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Fotimaxon Amilova hamda dzyudo bo‘yicha murabbiy Hasan Qosimov so‘zga chiqib, ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan xursand ekanliklarini, 2020 yilda Tokioda o‘tkaziladigan Paralimpiya o‘yinlarida Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlab, yurtimiz bayrog‘ini yanada yuksaklarga ko‘tarishga harakat qilish niyatida ekanliklarini izhor qilishdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:36, 20.12.2018.
O'qildi: 2419 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.