Sadio Mane Cenegal milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.
«Shuni bilingki, men bu bayroq uchun borimni berdim. Butun kuch-g‘ayratimni sarfladim va har doim mamlakatimiz sharafini himoya qilish uchun oxirigacha kurashdim.
Sizlarning doimiy qo‘llab-quvvatlashingiz mening muvaffaqiyatimning asosiy kuchiga aylandi.
Kelgusida orttirgan tajribamni vatanim ravnaqi uchun ishlatishdan mamnun bo‘laman. Bu murabbiylar shtabida, bosh murabbiy sifatida yoki futbol boshqaruvi tizimida bo‘lishidan qat’i nazar, xalqimizga xizmat qilishga tayyorman», — dedi Mane Le Quotidien nashriga.
Ma’lumot uchun, Mane Senegal jamoasi safida 130 ta uchrashuvda maydonga tushib, 54 ta gol muallifi bo‘ldi.













