Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Karima Yo‘ldosheva: «Bizning jamoa yuklatilgan vazifani uddalashga qodir»

Karima Yo‘ldosheva: «Bizning jamoa yuklatilgan vazifani uddalashga qodir»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi joriy yilning oktyabr oyida Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Osiyo chempionati saralashining birinchi bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Endilikda Karima Yo‘ldosheva boshchiligidagi O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi kelasi yilning aprel oyida Osiyo chempionati saralashining ikkinchi bosqichida ishtirok etishadi. Saralashga jiddiy tayyorgarlik olib borayotgan futbolchilarimiz 10-20 dekabr kunlari Namanganda yig‘in o‘tkazishdi. Terma jamoa bosh murabbiyi Karima Yo‘ldosheva o‘tkazilgan yig‘in va kelgusi rejalar haqida O‘FA Matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Namangandagi yig‘in a’lo darajada o‘tdi. Biz 2005, 2004, 2003 va 2002 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar jamoalari bilan 5ta nazorat uchrashuvi o‘tkazdik. Jamoamiz taktik va texnik jihatdan ancha o‘sganini ta’kidlab o‘tish zarur. Nazorat o‘yinlari davomida futbolchilarimiz tezkor o‘yin, yuksak texnika va maydonda kurashuvchanlik namoyish qilishdi. Eng muhimi futbolchi qizlarning ko‘zida g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqni ko‘rish mumkin edi. Ularga g‘alabalarga chanqoqlar. Murabbiy sifatida bundan juda xursandman. Bundan tashqari, tarkibdagi futbolchilar bir jamoa sifatida ancha shakllanishganiga ham guvoh bo‘ldim.

Yig‘in davomida darvozabonlar har tomonlama o‘zlarini ko‘rsata olishdi. Asosiy tarkibga kirish uchun raqobat juda kuchli. Bu holat har bir futbolchini o‘z ustida ko‘proq ishlashga undaydi. 

Jamoamizdagi bosh qoida – tartib va intizom. Ba’zi futbolchilar juda iste’dodli va mehnatkash. Ammo belgilangan tartibga bo‘ysunmaydi, bunday futbolchilarga oramizda joy yo‘q. Futbolda g‘alabalarga erishish uchun tartib va intizomning ahamiyati juda katta.  

Yig‘in davomida biz mashg‘ulotlardan tashqari Namangandagi 26-sonli Mehribonlik uyiga ham tashrif buyurdik. Biz bu dargohga tez-tez borib turamiz. Bolalar bizni ko‘rib, juda xursand bo‘lishdi. Ularning ko‘zida quvonchni ko‘rish juda ham yoqimli bo‘ldi. Terma jamoa qizlari mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan suhbat uyushtirishdi, keyin esa o‘zaro futbol o‘ynashdi. 

Umuman olganda, bizning yig‘inimiz ko‘tarinki ruhda o‘tganini ta’kidlash zarur. Asosiy maqsadimiz – Osiyo chempionati saralashining ikkinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, musobaqaning final bosqichiga yo‘l olish. Keyin esa Osiyo chempionatida yaxshi qatnashib, Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritmoqchimiz. Bizning jamoa o‘ziga yuklatilgan vazifani uddalashga qodir. Biz buning uchun yig‘inlarda bor kuchimizni sarflab, mashg‘ulotlar o‘tkazamiz. 

Kelgusi rejalar haqida gapiradigan bo‘lsak, yanvar oyida “Chig‘atoy”da yig‘ilamiz. Fevral oyida esa Turkiyada o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishni maqsad qilganmiz. Mart oyida esa Ozarbayjonda xalqaro musobaqada ishtirok etishni rejalashtiryapmiz. 

O‘z o‘rnida bizga yig‘inlar tashkil etishda katta yordam berayotgan va zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlarni yaratib berayotgan O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. Shuningdek, Namangan viloyati hokimiyatiga ham tashakkur izhor etaman.  Ayollar futboli rivojiga katta e’tibor qaratilayotganidan juda mamnunmiz”, - deydi Karima Yo‘ldosheva.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 16:57, 20.12.2018.
O'qildi: 1783 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.