Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 01:00 Valensiya 1-2 Real Madrid
04/01 17:30 Tottenhem 1-2 Nyukasl
04/01 19:00 Venetsiya 1-1 Empoli
04/01 20:00 Bornmut 1-0 Everton
04/01 20:00 Aston Villa 2-1 Lester
04/01 20:00 Kristal Pelas 1-1 Chelsi
04/01 20:00 Sautgempton 0-5 Brentford
04/01 20:00 Manchester Siti 4-1 Vest Xem
04/01 22:00 Fiorentina 0-3 Napoli
04/01 22:30 Brayton 1-1 Arsenal
05/01 00:45 Verona 0-0 Udineze
05/01 16:30 Monsa - Kalyari
05/01 19:00 Fulhem - Ipsvich
05/01 19:00 Lechche - Jenoa
05/01 21:30 Liverpul - Man. Yunayted
05/01 22:00 Torino - Parma
06/01 00:45 Roma - Lasio

Italiya «A» seriyasi aslo zerikarli emas

Italiya «A» seriyasi aslo zerikarli emas

Baho:
+ | -

Italiya futboli orada ma’lum vaqt soyaga o‘tdi. Ichki ligadagi himoyaviy qadriyatlar tufaylimi, o‘yinlar zerikarliroq tuyulgani ham rost. Lekin endi vaziyat keskin o‘zgarmoqda. Birgina Krishtianu Ronalduning «A» seriyasida o‘ynay boshlagani omma yondashuvi va e’tiboriga kuchli ta’sir o‘tkazdi.  Lekin Italiya futboli faqat portugaliyalik yulduz yoki «Yuventus»dan iborat  emas, albatta. Mana, yorqin misol, muxlislar oxirgi kunlarda 2ta ajib o‘yin guvohiga aylanishdi: avvaliga kubok turnirida, keyin chempionatda...

1. 19ta (!) penalti va...

«A» seriyasining eng «tartibsiz» va beqaror ishtirokchisi - «Jenoa» kubok bahsida «mitti»gina raqib oldida bosh egdi. Darhaqiqat, Genuya jamoasini sira tushunib bo‘lmayapti. Bir tomondan qarasak, uning ixtiyorida chempionatning bosh kashfiyoti va to‘purari bo‘lishga yaqqol da’vogar futbolchi bor - Kshishtof Pentek. Boshqa tarafdan nazar solsak, klubning boshi mojaroyu, janjallardan chiqmayapti. «Jenoa» rahbariyati natijaga shunchalik yopishib olganki, murabbiylarni birin-ketin iste’foga chiqarmoqda. Axir rahbarlar atigi 4 oy ichida 3 nafar mutaxassis bilan xayrlashishdi. Oxirgi is’tefo aynan kubok bahsidagi omadsizlikdan keyin kuzatildi. Chunonchi, Ivan Yurich «Virtus Entella»ga qarshi kechgan uchrashuvda ijobiy natijani ta’minlay olmadi.

Xo‘sh, o‘zi nima ro‘y berdi? Birinchidan, «Jenoa» o‘yinning asosiy va qo‘shimcha vaqtlarida kamtarin raqibni yengish uddasidan chiqolmadi - 3:3. Ikkinchidan, jamoa vakillari 3ta golni ham penaltidan urishdi. O‘yindan keyingi seriyada esa genuyaliklar 2ta zarbani ko‘kka sovurishdi va 6:7 hisobida yutqazishdi. Qisqasi, muxlislar 19ta penalti va jamoa mag‘lubiyatiga guvoh bo‘lishdi. Uchinchidan, asosiy vaqtda «A» seriyasining yangi qahramonlaridan biri Kshishtof Pentek 2ta penaltidan unumli foydalandi, yana birini amalga oshirgan Janluka Lapadula esa seriyada hal qiluvchi zarbani golga aylantirolmadi. To‘rtinchidan, «Jenoa» rahbariyati o‘yin tugashi hamono bosh murabbiy Ivan Yurichga javob berdi va tezda Italiya terma jamoasi sobiq ustozi Chezare Prandelli hamda uning butun shtabi bilan shartnoma tuzdi.

Qiziq, «Jenoa»ga qo‘shimcha tashvishlar tug‘dirgan «Virtus Entella» qanday jamoa? Ochig‘i, «Jenoa» eng «tartibsiz» klub sifatida tilga olinsa, «Virtus Entella» omadsizlarning omadsizidir. Italiya kubogi 1|8 finaliga yo‘l olgan klub o‘tgan mavsum rasman Italiya 3-divizioniga tushib ketdi. Shunga qaramay, «Entella» yuqori ligada o‘ynash uchun tayyorgarlik ko‘rdi, rahbariyat esa klubni «V» seriyasida olib qolish masalasida faol ishladi. Chunonchi, avvaliga «Fodja» va «Chezena» pul o‘zlashtirishga bog‘liq g‘alati ayblovlarga duch keldi. Mamlakat futbol federasiyasi shu ayblov natijasida har ikki jamoa hisobidan 15 ochko olib tashlashni o‘yladi. Lekin yakunda jazo chorasini joriy mavsumda qo‘llashga qaror qildi. Oqibatda «Virtus»ni «V» seriyasida qoldirish harakati zoye ketdi. Keyinroq «Avellino» va «Bari» klublarining inqiroz holatiga tushgani tan olindi. Shunda bitta yuqori diviziondagi 2ta o‘ringa «S» seriyasining bir necha ishtirokchisi da’vogarlik qildi.  Yakunda Italiya futboli mutasaddilari «V» seriyasi tarkibini o‘zgartirishmadi, garchi «Virtus Entella» oxirigacha yuqoriga ko‘tarilishdan umid uzmagan bo‘lsada. Deylik, jamoa vakillari oxirgi 7 yillikning moliyaviy hisobotlarini taqdim etib, barcha kelishuvlar qonun doirasida amalga oshirilganini isbotlashdi. Shuningdek, jamoa moddiy tomondan «V» seriyasida ishtirok etishga tayyor ekanligiga kafolat berildi. Bu oraliqda «Entella» «S» seriyasi doirasidagi 3ta o‘yinni o‘tkazib yubordi. Ammo hammasi o‘z holicha qoldi: «Virtus Entella» yuqoriga sof sport prinsiplari asosida chiqishi kerak. Darvoqe, ushbu klub Italiya kubogi chorak finali yo‘lida «Roma» bilan olishadi. Balki undan yana «sensasiya» kutarmiz...?

 

2. «Kalyari» jasorati

«A» seriyasi 15-turidan o‘rin olgan «Kalyari» - «Roma» o‘yini yana bir kutilmagan natijani taqdim etdi. Ha, o‘yinda 2:2 hisobi qayd etilgani aslida oddiygina voqelik sanaladi. Axir zaif raqibning kuchli jamoadan ochko tortib olishi har qadamda kuzatilishi mumkin. Lekin Kalyaridagi uchrashuv ssenariysiga qarasak... Xullas, «Roma» safar o‘yinida xotirjam o‘ynab, birinchi bo‘limdayoq mezbonlarni 2ta gol bilan «siyladi» va ortga bemalol g‘alaba bilan qaytishi mumkin edi. Chunonchi, 85-daqiqada ham tabloda 0:2 hisobi porlab turgandi. Keyin voqealar shu qadar tez rivojlandiki, asti qo‘yaverasiz... 85-daqiqa: Artur Ionise «Kalyari»ning birinchi javob golini urdi va mezbonlar misli ko‘rilmagan darajada shodlanishdi. Eng qiziqarli voqealar esa hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarga to‘g‘ri keldi. Avvaliga «Kalyari» vakillari - Luka Cheppitelli va Dario Srna hakamlar bilan tortishishgani uchun birin-ketin «qizil»ga yo‘liqishdi, shundan so‘ng Marko Sau raqibni biroz kalaka qilgan tarzda hisobni tenglashtirdi. U «Roma» darvozasini nishonga olgan lahzada final hushtagi yangrashiga sanoqli soniyalar qolgandi. Ehtimolki, agar rimlik futbolchilar to‘p uchun kurashda yengilmaganlarida, «Kalyari» takrorlanmas «kambek»ni amalga oshirolmasmidi? Xullas, mezbonlar chinakam jasorat namunasini ko‘rsatishdi - 9 kishi bo‘lib, «Roma»ni g‘alabadan mahrum etish osonmi?

Sau o‘yindan so‘ng italiyalik David Astorini esga oldi. Chunonchi, avvalgi mavsum o‘yinlaridan biri arafasida mehmonxonada hayotdan ko‘z yumgan «Fiorentina» faxri vaqtida «Kalyari»da ham faoliyat yuritgandi. «Ha, ajoyib jamoaga qarshi kechgan o‘yinda mag‘lubiyatdan sehrli tarzda qutulib qoldik. Sabab bitta - oxirigacha o‘z kuchimizga ishondik. Ushbu durang kayfiyatimiz va ruhimizni ko‘tarish barobarida biz katta jasorat evaziga qutqarib qolgan boshqa o‘yinlarni ham esga soldi. O‘z golimni Davide Astori xotirasiga bag‘ishlayman»,- dedi qahramon. Aytgancha, Marko juda kam gol uradigan futbolchi. Deylik, «A» seriyasining butun o‘tgan mavsumida o‘z nomiga atigi 2ta gol yozib qo‘ygandi. «Roma» darvozasiga yo‘llangani esa uning uchun joriy mavsumdagi debocha goldir.

Darvoqe, fanatlar shu o‘yin bahona «Roma» va «Kalyari» o‘rtasidagi yana bir to‘qnashuvni eslashdi. Unda ham favoritning ishlari sira yurishmay, oxir-oqibat 2:4 hisobida yutqazgandi. Umuman, «Roma» hozircha o‘z tiffozilari kutgan futbol va natija ko‘rsatolmayapti. Axir hamma «bo‘rilar»ning «Yuventus»ga jiddiy raqobat taqdim etishini kutgandi, ammo ular hozircha peshqadamning changida qolib ketishyapti...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 19:56, 21.12.2018.
O'qildi: 2703 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.