Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Tongda yugurishning 6 foydasi

Tongda yugurishning 6 foydasi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ko‘pchilik tongda turib yugurishga erinadi. Ba’zida esa uxlashni avfzal ko‘rishadi. Biroq bunday insonlar dangasalik tufayli tonggi yugurishning ijobiy ta’sirlaridan bebahra qolishi mumkin.

Amerikalik olimlarning ta’kidlashicha, kasalliklarni oldini olish uchun bir kunda 15-30 daqiqa yugurish kifoya. U inson salomatligiga quyidagicha ta’sir ko‘rsatadi:

Miya faoliyatiga ta’siri

Yugurish yurak urish tezligini va kislorodga boy qon oqimini oshiradi. Yoshi katta insonlarda yurak-qon tomir faoliyatining yaxshilanishiga yordam beradi.

Yaxshi kayfiyat

Tonggi yugurishni odat qilgan kishilarning ruhiyatida ijobiy o‘zgarishlar ko‘p kuzatiladi. 2012 yilgi tadqiqot natijalariga ko‘ra, jismoniy mashqlar bilan doimiy shug‘ullanuvchilar boshqalarga nisbatan sabr-bardoshli bo‘lishar ekan.

Yaxshi uyqu

Kuni bo‘yi yaxshi kayfiyatda yurgan odam tunda ham miriqib orom oladi. Buning uchun esa muntazam 10-15 daqiqa yugurish talab etiladi. Bundan tashqari, yugurish tushkunlikni kamaytirish orqali insonni ayrim muammolardan xalos etadi.

Qon bosimida

Yuqori qon bosimidan qiynaladigan insonlarga jismoniy mashqlarni qoldirmay bajarish tavsiya etiladi. Bularning orasida yugurish ham bor. Natijada yuqori xolesterin va diabetga chalinish xavfi kamayadi.

Yurak kasalliklarida

Har kuni 5 daqiqa yugurgan odamda yurak-qon tomir kasalligi xavfi yo‘qoladi. Shu sababli ular orasida uzoq umr ko‘ruvchilar soni ko‘p bo‘ladi. Biroq faqat vaqt topilganda yugurish, ba’zida uyquni avfzal bilish ijobiy natijaga erishishga to‘sqinlik qiladi.

Uzoq umr ko‘rishda

Muntazam tongda yugurish o‘rta hisobda inson umrini 3 yilga uzaytiradi. Buni jismoniy mashqlar bajaradigan va bajarmaydigan insonlar o‘rtasidagi farqlar orqali ham bilish mumkin.

Manba: Qalampir
Kiritildi: 10:20, 22.12.2018.
O'qildi: 4428 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.