Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

«PSJ» «Monako»ning asosiy yulduzi bilan shartnomani kelishib oldi

«PSJ» «Monako»ning asosiy yulduzi bilan shartnomani kelishib oldi

Baho:
+ | -

«PSJ» «Monako» vingeri Magnes Akliush bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi, deb xabar bermoqda RMC Sport jurnalisti Fabris Xokins.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar besh yillik bitim borasida bir qarorga kelishgan. Endilikda Parij klubi 24 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha «Monako» bilan muzokaralar olib bormoqda.

Akliush monegasklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, fransuz vingerining bahosi 50 million yevroni tashkil etadi.

Yakunlangan mavsumda Akliush «Monako» safida barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:55, 07.07.2026.
O'qildi: 2040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик