Marokash Qirollik futbol federasiyasi (FRMF) prezidenti Fauzi Lekdjaa Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Lamin Yamalning afrikalik ekanligiga to‘xtalib o‘tdi. Futbolchining otasi tomondan Marokashda ildizlari bor va u «atlas sherlari» safida to‘p surishi mumkin edi.
«Biz Yamalning tanlovini hurmat qildik va buni hech qachon shubha ostiga olmadik. Laminga ham, uning oilasiga ham bo‘lgan munosabatimiz hech qachon o‘zgargan emas. Mening bilishimcha, ular tez-tez, ayniqsa Marokashning shimoliy viloyatlariga — o‘zlarining tarixiy vatanlariga dam olish uchun kelib turishadi. Bu yerda ularni doim mamnuniyat bilan kutib olishadi.
Lamin Jamel. Shaxsan men ismi Yamal bo‘lgan birorta ham ispanni bilmayman», — deya Lekdjaaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Onze Mondial nashri.
Ispaniya va Marokash JCH-2026ning 1/4 finaliga yo‘l olishdi. Pley-offning navbatdagi bosqichida «atlas sherlari» Fransiya bilan, «Qizil furiya» esa Belgiya bilan to‘qnash keladi.













