Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Klublarimiz saviyasini legionerlar belgilab beradimi?!

Klublarimiz saviyasini legionerlar belgilab beradimi?!

Baho:
+ | -

 Meni anchadanberi bir savol qiynaydi, nahotki O‘zbekistonga sifatli legioner olib kelishning iloji bo‘lmasa!Viloyat klublarini qo‘yib turaylik ,hatto moliyaviy jihatdan baqquvat bo‘lgan poytaxt jamoalari ham, kuchli legionerlarni olib kelishmayapti.

Oxirgi marotaba yurtimizga «Bunyodkor» «gullagan» paytlarida legioner so‘ziga mos keladigan futbolchilar tashrif buyurishgandi. Ular ketdiyu, yurtimizda faqat mahalliy o‘yinchilar bilan bir hil saviyadagi futbolchilar yopirilib kela boshladi. To‘gri, ba’zida omadli haridlar ham bo‘lib turadi, lekinu ham uzog‘i bilan bir mavsum yuqori saviyada top tepadi. Dragan Cheran mana shunday futbolchilar sirasiga kirsa, ajab emas.

Biz arab jamoalarini transfer siyosatini qisqacha tahlil qilib ko‘rdik va shuni tushunib yetdik-ki, (Xitoy,YAponiya,Janubiy Korea, chempionatlaridagi legionerlar bilan o‘zimizning legionerlarni solishtrishga to‘grisi uyaldik) Arablar albatta bitta super forvard( Asoma Gyan, Velliton, Serjinyo,Bag‘dod…)va bitta yaxshi saviyadagi pleymeker (Snayder,Xavi..) harid qilishadi. To‘gri ko‘pchilik ularning yoshlari o‘tgan deya hisoblashi mumkin, lekin ulardagi tajriba, yoshdagi kamchilikni ortig‘i bilan to‘ldirib yuboradi.

Biz oxirgi yillarda arab va fors jamolari bilan to‘qnashuvlarda tengma-teng o‘yin ko‘rsatmoqdamiz lekin so‘nggi daqiqalarda raqiblar tajribali legionerlar evaziga yutib ketishmoqda.(Lokomativ jamoasi aynan shu omil evaziga OCHL ninig o‘tgan mavsumida guruhda qolib ketdi)Sir emaski , dunyo ko‘rgan, «katta» o‘yinlarda ishtirok etgan futbolchilar bilan bir jamoada to‘p tepgan yoshlardayaxshigina tajriba,o‘ziga ishonch va rivojlanish kuzatiladi.

Xulosa qilib aytganda, klublarimiz OCHL da uzoqroqqa borishni istashsa, sifatliroqlegionerlarni harid qilish talab etiladi. Aks holda esa, anchagacha OCHL kubogi biz uchun armon bo‘lib qolaveradi…

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: m.stadion.uz
Kiritildi: 20:34, 22.12.2018.
O'qildi: 3989 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.