Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

O‘zbekistonda zamonaviy beshkurashni rivojlantirish yo‘lida bir nechta sport turlari federasiyalari yaqindan hamkorlik qiladi

O‘zbekistonda zamonaviy beshkurashni rivojlantirish yo‘lida bir nechta sport turlari federasiyalari yaqindan hamkorlik qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, dekabr oyi boshida O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasiga yangi rahbariyat saylangan va tashkilot oldiga tegishli vazifalar belgilab berilgandi. Bu borada federasiyada ish qizg‘in kechmoqda.

Bugun, 26 dekabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida zamonaviy beshkurash sportini rivojlantirish, ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston yengil atletika, qilichbozlik, yilqichilik va ot sporti, suzish hamda o‘q otish sporti federasiyalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va sherikchilik bo‘yicha memorandum imzolash marosimi tashkil etildi. Tadbirda yuqorida sanab o‘tilgan federasiyalar vakillari, shuningdek, Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Sir emaski, zamonaviy beshkurash oson bo‘lmagan sport turlaridan biri hisoblanadi. Chunki, ushbu sportda atletlar beshta yo‘nalish – yugurish, qilichbozlik, ot sporti, suzish hamda o‘q otish bo‘yicha kurash olib boradilar. Sportchi mazkur yo‘nalishlarning har biriga alohida tayyorgarlik ko‘rishi lozim. Buning zamirida esa tinimsiz mehnat, katta mashaqqat yotadi. Shu sababdan ham, beshkurashni rivojlantirish faqatgina bir federasiyaga bog‘liq emas. Bugungi tadbir davomida hamjihatlikda ish olib borish, beshkurash talablariga javob bera oladigan atletlarni saralab olish, tajribali murabbiylardan iborat kengash tuzish va boshqa masalalar muhokama qilindi. O‘z navbatida federasiyalar vakillari hamkorlik qilishga, o‘zlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.

Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi – memorandum imzolash marosimi tashkil qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, Tokio 2020 Olimpiadasiga zamonaviy beshkurash bo‘yicha Osiyo qit’asi vakillari uchun 5 ta lisenziya ajratilgan. O‘zbekiston ana shu beshta yo‘llanmadan biriga ega chiqish uchun yetarli salohiyatga ega. Shunday ekan, 2019 yilning noyabr oyida o‘tkaziladigan lisenzion musobaqada yuqorida sanab o‘tilgan federasiya mas’ullari, murabbiy va sportchilarga omad, muvaffaqiyat va albatta kuch-quvvat tilab qolamiz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 13:03, 26.12.2018.
O'qildi: 1751 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.