Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas 2-2 Betis
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

Yakun: Milliy jamoa yili - 2018

Yakun: Milliy jamoa yili - 2018

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Men ustoz o‘rnida ko‘radigan taniqli tarixchi va futbol statistikachisi Konstantin  Sergeevich  Yesenin uzoq yillar davomida Moskvada chop etiladigan «Futbol» gazetasidagi alohida rukn ostida sobiq ittifoq terma jamoasining 12 oylik faoliyatini muntazam yoritib borardi.  1992 yili O‘zbekiston milliy jamoasi tuzilgach, xuddi shunday ruknni o‘zimizda ham joriy etdim. Ya’ni har yilning yakunida «Sport» gazetasi orqali O‘zbekiston termasi o‘yinlarini tahlil qilib, turli statistik ko‘rsatkichlarni havola etib keldim. Biroq «Sport» oxirgi yillarda muntazam chiqmayapti. Shuning uchun ushbu ruknni «InterFutbol»da qayta tiklashni lozim topdim va yosh jurnalistlarni ham bu ishda ishtirok etishga chaqiraman. Aytish joiz, bundan maqsad terma jamoa o‘yinlariga baho berish emas. Xullas, «Terma jamoa yili» maqolasi asosan statistik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. O‘ylaymanki, turli-tuman ma’lumotlar nafaqat mutaxassislar, balki mamlakatimizdagi eng ommaviy o‘yin ixlosmandlarini ham befarq qoldirmaydi.

Maqolaga oid ayrim izohlar:

Maqola ikki qismdan iborat - 4ta o‘yin (bosh murabbiy - Temur Kapadze) va 6ta o‘yin (bosh murabbiyi - Ektor Kuper). Shuningdek, umumlashtirilgan natijalar ham keltirilgan. O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarining jami soni masalasida xilma-xil ma’lumotlar borligi bois, vaqtida futbol federasiyasi qoshida faoliyat yuritgan TJM (terma jamoalar markazi)ga bir necha marta murojaat qilib, uchrashuvlar tartibini tasdiqlab berishini iltimos qilganman. Shunda har bir o‘yin tartib raqami bilan ko‘rsatiladi va chalkashlik yuzaga kelmaydi. O‘yinlar va gollarni to‘g‘ri hisoblab borish aynan shunga bog‘liq. Qisqasi, barcha statistik maqolalarimni taqdim etilgan ro‘yxat asosida tayyorlayman. Jumladan, O‘zbekiston futboli ensiklopediyasi (1912-2012)ni tayyorlashda ham shu ro‘yxatdan foydalanganman. Ayni payt O‘zbekiston termasi (1992-2018) kitobini tayyorlayapman. Qoidaga muvofiq, bunda o‘yinlar qaydnomasi (FIFA va OFK, terma jamoa murabbiylari ma’lumotlari)ni asosiy mezon sifatida olganeman. Deylik, hozirgi maqola «InterFutbol» nashrida berilgan o‘yinlar stenogrammasi va tarkiblar asosida tayyorlangan. Jurnalistlar diqqatiga: jahon tajribasiga qarasak, o‘yinlarning qisqa stenogrammasida raqiblar, hisob, manzil, muddat, maqom, gol mualliflarini keltiriladi. Bizning gazetalarda esa ko‘pincha bu ma’lumotlar to‘liq berilmaydi. Futbolchilarning yakuniy statistikasida ko‘rsatilgan birinchi raqam - Kapadze davridagi o‘yinlar soni, ikkinchi raqam - Kuper boshqaruvidagisi. Oxirgisi: fikrimcha, menda O‘zbekiston termasining 1992 yildan keyingi barcha o‘yinlarining noyob futbol dasturlari bor. Ularni o‘z kitobda ilova shaklida bermoqchiman. Qaysidir muxlis ushbu kolleksiyani boyitsa, faqat xursand bo‘laman.

O‘zbekiston termasi - 2018

 

№ 264. O‘ZBEKISTON - SENEGAL - 1:1. Kasablanka. 23 mart. O‘rtoqlik o‘yini. Hakam: Nuriddin al Ja’fariy (Marokash).

    Gollar: Mussa Konete (63) - Otabek Shukurov (21-pen.).

         

Bosh murabbiy: Temur KAPADZE.

 

№ 265. MAROKASH - O‘ZBEKISTON - 2:0. Kasablanka. 27 mart.  O‘rtoqlik o‘yini.

Gollar: Ayub al Kaabi (3), Maruan da Kosta (43).

                  

Bosh murabbiy: Temur KAPADZE.

 

 

№ 266. ERON - O‘ZBEKISTON - 1:0. Tehron. «Ozodi» stadioni. 18 may. O‘rtoqlik o‘yini.

                             Gol: Ruzbeh Chashmi (17).

                  

Bosh murabbiy: Temur KAPADZE.

 

№ 267. URUGVAY - O‘ZBEKISTON - 3:0. Montevideo. 7 iyun.                        50600 tomoshabin. Hakam: Rafael Klaus (Braziliya).

  Gollar: Giorgian  Arraskaeta (33),  Luis Suares (53-pen.), Xose Ximenes (73).

                   

Bosh murabbiy:  Temur KAPADZE.

--------------------------------------------------------------------------------------------

№ 268. O‘ZBEKISTON - SURIYA - 1:1. Toshkent. «Milliy» stadioni. 6 sentyabr.  O‘rtoqlik o‘yini. Hakam: Chorimurod Qurbonov (Turkmaniston).

                Gollar:  Marat Bikmayev (64-pen.) - Umar al Soma (78).

                   

Bosh murabbiy:  Ektor KUPER.

 

№ 269. O‘ZBEKISTON - ERON - 0:1. Toshkent. «Milliy» stadioni.  11 sentyabr. O‘rtoqlik o‘yini. 19462 tomoshabin. Hakam: Dmitriy Mashensev (Qirg‘iziston).

                                Gol: Mehdi Torabi (67).

                  

Bosh murabbiy:  Ektor KUPER.

 

№ 270.  O‘ZBEKISTON - KXDR - 2:0. Toshkent. «Milliy» stadioni. 13 oktyabr. O‘rtoqlik o‘yini.

                    Gollar: Marat Bikmayev (37, 90Q1).

 

                    Bosh murabbiy: Ektor KUPER.

 

 

№ 271. O‘ZBEKISTON - QATAR - 2:0. Toshkent. «Milliy» stadioni. 16 oktyabr. O‘rtoqlik o‘yini. 12155 tomoshabin. Hakam: Chorimurod Qurbonov (Turkmaniston).

             Gollar: Odil Ahmedov (73), Marat Bikmayev (86).

                   

Bosh murabbiy: Ektor KUPER.

 

№ 272. O‘ZBEKISTON - LIVAN - 0:0. Brisbern (Avstraliya). 15 noyabr. O‘rtoqlik o‘yini.                

Bosh murabbiy: Ektor KUPER.

 

№ 273. O‘ZBEKISTON - JANUBIY KOREYA - 0:4. Brisbern (Avstraliya). 20 noyabr. O‘rtoqlik o‘yini.

                  Gollar: Nam Taye Xi (9), Xvang Uijo (24), Mun Syon Min (70), Suk Xyun Jun (81).                  

Bosh murabbiy: Ektor KUPER.

-------------------------------------------------------------------------------

                 O‘ZBEKISTON TERMA JAMOASI - 2018

 

--------------------------------------------------------------------------------

 BOSH MURABBIYLAR  O‘        Yu          D        M          T-N

---------------------------------------------------------------------------------

Temur KAPADZE             4    -             1           3         1-7  -6

 

Ektor KUPER                  6    2            2            2         5-6  -1

----------------------------------------------------------------------------------

         JAMI:                    10     2            3            5         6-13  -7

----------------------------------------------------------------------------------    

                     TEMUR KAPADZE BOSHQARUVIDAGI 4ta O‘YIN (36 nafar futbolchi)

 4tadan o‘yin - Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov,

 Akrom Komilov

3tadan o‘yin - Ikrom Aliboyev, Rustam Ashurmatov, Javohir                 

                       Siddiqov, Jasur Yaxshiboyev, Aziz Turg‘unboyev

2tadan o‘yin - Otabek Shukurov, Eldor Shomurodov,                 Sardor Rashidov, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Marat Bikmayev, Eldor Suyunov, Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod A’zamov, Abbos Otaxonov, Aziz G‘aniyev, Xurshid G‘iyosov, Zabihillo O‘rinboyev

1tadan o‘yin - Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Odil Ahmedov,               Islom To‘xtaxo‘jayev, Akmal Shorahmedov, Sardor Mirzayev, Oleg Zoteev, Fozil Musayev, Botirali Ergashev, Islom Qobilov, Andrey Sidorov, Islom Kenjaboyev, Doston Tursunov, San’at Shixov,              Bobur Abduxoliqov, Sardor Sobirxo‘jayev

----------------------------------------------------------------------------------------------

      Darvozabonlar: Eldor Suyunov - 2 (-5),                        Ignatiy Nesterov - 1 (-1), Botirali Ergashev - 1 (-1)

----------------------------------------------------------------------------------------------Gol: Otabek Shukurov (pen.) - 1

----------------------------------------------------------------------------------------------                    

EKTOR KUPER BOSHQARUVIDAGI 6ta O‘YIN (33 nafar futbolchi)

6tadan o‘yin - Anzur Ismoilov, Marat Bikmayev, Husniddin G‘ofurov

5tadan o‘yin - Otabek Shukurov, Eldor Shomurodov

4tadan o‘yin - Akmal Shorahmedov, Yegor Krimes, Oleg Zoteev,

Vladimir Kozak, Odil Hamrobekov, Ikrom Aliboyev, Javohir  Siddiqov, Doston Hamdamov

3tadan o‘yin - Ignatiy Nesterov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Odil Ahmedov

2tadan o‘yin - Sardor Sobirxo‘jayev, Temirxo‘ja Abduxoliqov,             Ivan Nagayev, Eldor Suyunov, Davron Hoshimov, Doston Tursunov,  Aziz Turg‘unboyev, Sardor Rashidov

1tadan o‘yin - Javlon Ibrohimov, San’at Shixov, Sardor Mirzayev, Vitaliy Denisov, Farrux Sayfiyev, Sanjar Tursunov,                Igor Sergeev, Aziz Haydarov, O‘tkir Yusupov

---------------------------------------------------------------------------------------

 Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov -  3 (-5), Eldor Suyunov - 2 (-1),

O‘tkir Yusupov - 1 (0)

-----------------------------------------------------------------------------------------

Gollar: Marat Bikmayev - 4, Odil Ahmedov - 1

--------------------------------------------------------------------------------------------

UMUMIY STATISTIKA (KAPADZE Q KUPER)

 Marat BIKMAYEV - 2 Q 6 q 8ta o‘yin (1 Q 4 q 5ta gol)

Odil HAMROBEKOV - 4 Q 4 q 8ta o‘yin

-----------------------------------------------------

Anzur ISMOILOV - 1 Q 6 q 7ta o‘yin

Otabek SHUKUROV - 2 Q 5 q 7ta o‘yin (1ta gol)

Eldor SHOMURODOV - 2 Q 5  q 7ta o‘yin

Ikrom ALIBOYEV - 3 Q 4 q 7ta o‘yin

Javohir SIDDIQOV - 3 Q 4 q 7ta o‘yin

-------------------------------------------------

Husniddin G‘OFUROV - 0 Q 6 q 6ta o‘yin

------------------------------------------------

Oleg ZOTEEV - 1 Q 4 q 5ta o‘yin

Aziz TURG‘UNBOYEV - 3 Q 2 q 5ta o‘yin

Akmal SHORAHMEDOV - 1 Q 4 q 5ta o‘yin

-------------------------------------------------

Sardor RASHIDOV - 2 Q 2 q 4ta o‘yin

Temurxo‘ja ABDUXOLIQOV - 2 Q 2 q 4ta o‘yin

Eldorbek SUYUNOV - 2 Q 2 q 4ta o‘yin

Ignatiy NESTEROV - 1 Q 3 q 4ta o‘yin

Odil AHMEDOV - 1 Q 3 q 4ta o‘yin (1ta gol)

Islom TO‘XTAXO‘JAYEV - 1 Q 3 q 4ta o‘yin

Jaloliddin MASHARIPOV - 4 Q 0 q 4ta o‘yin

Akrom KOMILOV  -  4 Q 0 q 4ta o‘yin

Yegor KRIMES - 0 Q 4 q 4ta o‘yin

Vladimir KOZAK - 0 Q 4 q 4ta o‘yin

Doston HAMDAMOV - 0 Q 4 q 4ta o‘yin

----------------------------------------------------------------------------------

KLUBLARNING TERMA JAMOA-2018DAGI VAKILLARI

-------------------------------------------------------------------------

№     KLUBLAR                 KAPADZE           KUPER           

-------------------------------------------------------------------------

 «LOKOMOTIV»                 9                           10                     «PAXTAKOR»                      5                            7 «NASAF»                             4                            1 «BUNYODKOR»                      5                             2 «NAVBAHOR»                     2                             2 «BUXORO»                          1                             2 «QO‘QON-1912»                         1                             2 «METALLURG»                  2                             - «QIZILQUM»                  1                             1 «NEFTCHI»                         1                             1

-------------------------------------------------------------------------------------------------------------LEGIONERLAR                           5                             5

                            JAMI:        36                            33

-----------------------------------------------------------------------

Menimcha, turli shakllarda taqdim etiladigan ma’lumotlar muxlislar uchun juda qiziq. Ular shu asnoda futbol yuzasidan har tomonlama mushohada yuritishadi - murabbiylar faoliyati, darvozabonlar natijalari, to‘purarlar samaradorligi, klublarning terma jamoaga necha nafar futbolchi jo‘natishgani va hokazo... Bilasiz, yanvar oyida milliy jamoamiz Osiyo kubogida ishtirok etadi. Albatta, mamlakatimiz bosh jamoasiga BAAda zafarlar tilaymiz.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 12:58, 29.12.2018.
O'qildi: 2742 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.