Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Yulduzlarning eng alamli xatolari

Yulduzlarning eng alamli xatolari

Baho:
+ | -

Hech qaysi futbolchi xatolardan sug‘urtalanmagan. Hatto yulduzlar ham. Bugun shunday alamli xatolarni amalga oshirgan mashhurlar haqida qisqacha…

Roberto Badjo – «Taqdir zarbasi»

1994-yildagi JCHda Italiya termasi juda ham ishonchli o‘yinlari bilan finalagacha yetib borgan edi. Jamoaning asosiy yulduzi Roberto Badjo deyarli har o‘yinda gol yoki assistni amalga oshirib, turnirning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga yaqqol da’vogar edi. Final o‘yinida Braziliya Italiyaga tengma-teng qarshilik ko‘rsatdi va o‘yin penaltilar seriyasigacha cho‘zildi. Braziliya o‘zining 5-penaltisini amalga oshirdi va hisobda oldinga chiqib oldi. Badjo esa so‘nggi nuqtada adashdi va tifozilarning nafratiga uchradi. Afsuski, shu omadsizlik uni butun umr ta’qib qildi va iqtidorini shubha ostida qoldirdi.

Stiven Jerrard – «Essiz ketgan APL sovrini»

Brenden Rodjers shogirdlari APL tugashiga 2 tur qolganida turnir jadvalida peshqadam edilar. «Chelsi» jamoasi bilan o‘yin. Birinchi taymning so‘nggi daqiqalarida so‘nggi himoyachi sifatida o‘ynayotgan Jerarrd to‘pni to‘xtata olmaydi, yetmaganiga sirpanib raqibiga oldirib qo‘yadi. Demba Ba esa osonlik bilan hisobni ochadi. Ikkinchi bo‘limda hujumga otilgan «Liverpul»ni «Chelsi» qarshi hujumda jazolaydi. Natijada tayyor chempionlik qo‘ldan chiqadi.

Jon Terri – «Moskvani yomon ko‘raman»

2008 yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan finalni hamma eslasa kerak. 120 daqiqa durang bilan yakunlangan uchrashuv penaltilar seriyasiga ko‘chadi. Ikkala jamoadan ham hech kim adashmaydi. 5-penaltini amalga oshirishga Ronalduning asablari dosh bermaydi. Chex to‘pni qaytaradi. «Chelsi» agar penaltini aniq amalga oshirishsa, bas - YECHL g‘olibi! Zarbani jamoaning sardori, «Chelsi» muxlislarining kumiri, shaxsan Jon Terri berishi kerak edi. Jon zarba beradi, lekin sirranib to‘pni osmonga qarata tepib yuboradi. Ruhan tushkunlikka tushib qolgan «Chelsi» «6-5» hisobida penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchraydi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:03, 31.12.2018.
O'qildi: 14470 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик