Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi - Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

«Chempion bo‘lmoqchimisan? Hamma ishni chempionlarga o‘xshab bajar!»

«Chempion bo‘lmoqchimisan? Hamma ishni chempionlarga o‘xshab bajar!»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun uzoq kutilgan Osiyo Kubogi boshlanadi. Va nihoyat! Katta musobaqa muhitini rostakamiga his qilamiz. Bizning o‘yinimiz boshlanishiga hali bir necha kun bor. Lekin hozirdanoq barcha futbolchi va murabbiylarning ko‘zida jiddiy mas’uliyat ko‘ryapman. 

Kuper ko‘p vaqtini mehmonxona lobbisida yordamchilari bilan nimalarnidir tahlil qilib o‘tkazmoqda. Oldilarida allaqancha qog‘ozlar, noutbuk. Ba’zan soatlab o‘tirishadi. Mashg‘ulotlar uchun reja tuzishadi. Mashg‘ulot paytida esa yordamchilaridan tashqari Kuperning o‘zi ham ancha faol ishtirok etadi. Kerak bo‘lsa futbolchilar bilan birga yuguradi, sakraydi, to‘p tepadi. Shunisiga qoyil qoldim. Umuman olganda, Kuperni bir ajoyib jihati bor ekan. O‘zini jamoadan alohida tutmaydi. Masalan, samolyotda uchayotganda bizness-klass chiptalarini rad qilib, futbolchilar bilan birga ekonom klassda uchishni ma’qul ko‘radi. Mehmonxonalarda ham o‘zi uchun futbolchilardan alohida sharoitlar yaratilishini talab qilmaydi. Ovqat payti futbolchilar nima yesa shundan tanovul qiladi. O‘zini jamoaning boshlig‘i emas, bir bo‘lagi sifatida his qiladi. 

Bugungi mashg‘ulotlarda ham “Mister” ancha faol ishtirok etdi. Darvoqe, mashg‘ulotdan avval bugun tug‘ilgan kunini nishonlayotgan O‘tkir Yusupov uchun “jonli yo‘lak” hosil qilindi va u “futbolchilarga xos tarzda” tabriklandi. Nimani nazarda tutayotganimni ashaddiy futbol muxlislari tushunishdi, deb o‘ylayman. 


Shuningdek, bunday “tabriklash”dan yaqindagina tug‘ilgan kunini nishonlagan Fozil Musayev va Marat Bikmayevlar ham “quruq” qolishmadi. Bu jarayon mashg‘ulotdan avval futbolchilarning kayfiyatini ancha ko‘tardi.



Lekin mashg‘ulotlar ancha jiddiy o‘tdi. Barcha astoyidil mehnat qildi. Keyin kechqurun mehmonxonada yig‘ilish o‘tkazdik. Kuperdan tortib jamoa administratorlarigacha barcha qatnashdi. Futbolchilarga musobaqa oldidan ruhlantiruvchi so‘zlar aytildi. Biz bir jamoa ekanligimiz, bir jamoa sifatida harakat qilishimiz zarurligi, g‘alaba qozonish uchun barcha o‘z hissasini qo‘shishi zarurligi uqtirildi. 

Menga ushbu tadbirda yangragan bir ibora juda yoqdi: “Chempion bo‘lmoqchimisan? Barcha ishni chempionlarga xos tarzda bajar!” Futbolda mayda narsalar bo‘lmaydi, deb ko‘p aytamiz. Har bir jihat muhim, har bir jihatga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Nafaqat futbolchilar, jamoadagi barcha – murabbiydan tortib shifokorgacha, menejerdan tortib administratorgacha o‘z ishini professional tarzda, chempionlarga xos ravishda bajarishi kerak.

Shundagina biz chempionlikka erishamiz! Yo‘q, erishmaymiz, CHEMPIONLARGA AYLANAMIZ!

Manba: UFA
Kiritildi: 06:32, 05.01.2019.
O'qildi: 2967 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик