Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Osiyo Kubogi kundaligi, 4-kun: «Syurpriz kerakmi? Muammosiz!»

Osiyo Kubogi kundaligi, 4-kun: «Syurpriz kerakmi? Muammosiz!»

Baho:
+ | -
Osiyo Kubogi boshlandi. Ammo ochilish uchrashuvi bo‘lgan BAA – Bahrayn o‘yinini ko‘rolmadik. Bu payt biz Sharjadagi ilk mashg‘ulotni o‘tkazayotgandik. Darvoqe, Sharja haqida. Chiroyli shahar. Mashina judayam ko‘p. Yo‘llar tor.Bizga OFK tomonidan ajratilgan avtobus bu yo‘llardagi tiqilinchlardan arang o‘tib, mashg‘ulot bo‘ladigan maydonga yetib oldi. Ha, aytgancha, tashkilotchilar har bir terma jamoaga polisiya xodimlarini biriktirib qo‘yishgan. Stadionga borish-kelishda kuzatib qo‘ymoqda. Shunda ham ko‘chadagi mashinalar yo‘l bergisi kelmaydi. Hamma qayergadir shoshiladi, birinchi bo‘lib o‘tib ketishga intiladi.

Sharjadagi mehmonxonada qo‘riqlash xizmati qo‘yilgan. Begona shaxslarni mehmonxonaga kiritishmayapti. Faqat OFK tomonidan terma jamoa a’zolari uchun taqdim qilingan akkreditasiyalarni ko‘rsatib kirish mumkin. Bundan tashqari, har bir qavatda maxsus xizmat xodimlari tunu kun navbatchilik qilib o‘tirishibdi. Mehmonxonaga kelganimizda xonalarga joylashishdan avval maxsus itlar yordamida biz joylashadigan har bir xona tekshiruvdan o‘tkazildi. Xullas, musobaqa davomida har bir terma jamoa o‘zini xavfsiz his qilishi uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilgan. 

OFK turnir davomida yordam berib yurishi har bir terma jamoaga koordinator biriktirgan. 24ta terma jamoaga biriktirilgan OFK koordinatorlaridan faqat 2 nafar ayol kishi bo‘lib, shulardan biri bizning terma jamoa bilan ishlayapti.  

Ismi Maysa. Juda ham pishiq-puxta, o‘z ishini yaxshi biladigan, punktual va qat’iy, sho‘x-shaddod qiz. So‘ragan masalalarimizni bir zumda hal qilib beradi. Ertangi rejalar bo‘yicha, nimalar kerakligi haqida 4-5 marta so‘rab, har safar yon daftariga yozib oladi. Musobaqa davomida BAAdan keyin O‘zbekistonga muxlislik qilishga va’da berdi. “BAA bilan pley-offda to‘qnash kelib qolsakchi?”, - deb so‘ragandik, “BAAga butun mamlakat muxlislik qiladi, men mehmonlar hurmati uchun O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlayman”, - dem muloazamat qilib qo‘ydi. 

O‘zbekistonliklarni bu yerda ko‘p uchratish mumkin. Mehmonxonaga kelishimiz bilan tushlik qilgani restoranga kirdik. Bizga 3 nafar xodim xizmat ko‘rsatayotgandik. Delegasiyamiz a’zolari ulardan birini yoniga chaqirib, apelsin sharbatini so‘ray boshladi: “Please, orange juice”. Javob esa sof o‘zbekcha bo‘ldi: “Hozir opkelaman, oka”. Ko‘rinishidan arabga o‘xshaydigan bu yigit o‘zimizni yurtdan ekan. Yurtdan uzoqda, begona joyda o‘zbek tilida yangragan so‘zlarni eshitish nihoyatda yoqimli bo‘ldi.

Kechqurungi mashg‘ulotlar deyarli ikki soat davom etdi. Yengil mashqlardan keyin futbolchilar ikki guruhga bo‘linib futbol o‘ynashdi. Ushbu o‘yinni tomosha qila turib, Ummonga qarshi qaysi futbolchilar asosiy tarkibda tushishini aniqlab oldik. Tarkibda kutilmagan “syurpriz” bo‘lishi ham mumkin.  “Mister” birinchi o‘yinga qanday reja tayyorlayotgani menga qorong‘u, ammo raqiblarni dovdiratib qo‘ymoqchi ekani aniq. Hammasini 9 yanvar kuni bilib olamiz.  
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 09:13, 06.01.2019.
O'qildi: 8869 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.