Angliyaning “Bornmut” klubi futbolchisi Kallum Uilson jamoada qolishi mumkin.
The Sun nashrining xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi xizmatlariga “Chelsi” qiziqayotgan edi. Ammo “Bornmut” futbolchini qo‘yib yubormoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, Uilson joriy mavsum “Bornmut” safida 9 ta gol urishga erishgan.