Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Qashqadaryoda qishki ta’til davri sport musobaqalariga boy o‘tmoqda

Qashqadaryoda qishki ta’til davri sport musobaqalariga boy o‘tmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Respublikamizdagi barcha bolalar-o‘smirlar sport maktablari tomonidan qishki ta’til paytida o‘quvchi-yoshlarning vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida sport musobaqalari o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Qashqadaryo viloyatining barcha tuman va shaharlaridagi musobaqalar sportni ommalashtirishga xizmat qilmoqda.

Xususan, 5 yanvar kuni Mirishkor tumanida 400 nafarga yaqin yoshlar ishtirokida voleybol voleybol musobaqasi o‘tkazildi.

kuni Shahrisabz tumanida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Bolajon” sport musobaqasi tashkil etildi. Bellashuvlarda 200 nafardan ziyod bolakaylar 3x10m, 30m, 60m, 150 m, 200 m ga yugurish, koptokcha uloqtirish va uzoqqa sakrash bo‘yicha kuch sinashdilar. 11-,13-,19- va 23- maktablarning jamoalari sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

6 yanvar kuni 1-4 sinf o‘quvchilari o‘rtasida harakatli o‘yinlar va yengil atletika bo‘yicha tuman birinchiligi o‘tkazildi. Musobaqalarda hududda joylashgan maktablardan 300 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi. Birinchi o‘rinni 45-maktab, ikkinchi o‘rinni 75-maktab va uchinchi o‘rinni 70-maktab jamoasi qo‘lga kiritdi.

7 yanvar kuni Shahrisabz tumanidagi maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha tuman birinchiligi bo‘lib o‘tdi. 100 nafarga yaqin bolalar ishtirok etgan musobaqada 2-, 16- va 45-maktab jamoalari sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Kitob tumanida kurash bo‘yicha 2006-2009 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida “Temurbekning izdoshlari” shiori ostida BO‘SM birinchiligi o‘tkazildi. Musobaqada 100 nafardan ortiq o‘quvchi qatnashdi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 08:38, 08.01.2019.
O'qildi: 1818 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.