Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekistonlik karatechilar 2019 yildagi dastlabki lisenzion musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishmoqda

O‘zbekistonlik karatechilar 2019 yildagi dastlabki lisenzion musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Karate WKF bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muhim reyting musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Milliy paralimpiya assosiasiyasida yig‘inga kirishdilar. Ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari 25-27 yanvar kunlari Parij shahrida o‘tkaziladigan Premyer Liga turniriga tayyorgarlik vazifasini bajaradi. Qayd etish lozimki, 2019 yil davomida Tokio 2020 Olimpiadasi lisenziyasi uchun reyting musobaqalari o‘tkaziladi.

Terma jamoamiz o‘quv mashg‘ulot yig‘inlarida quyidagi tarkibda ishtirok etmoqda:

-60 kg: Sadriddin Saymatov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov
-67 kg: Sanjar Abdukarimov
-75 kg: Dastonbek Otabolayev

-50 kg: Baxriniso Babayeva
-61 kg: Barno Mirzayeva

Murabbiylar: O‘ktam Bekpo‘latov, Dilnoza Bakirova.

Yig‘in 22 yanvarga qadar davom etadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 10:42, 09.01.2019.
O'qildi: 1950 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.