Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Ektor Kuper: «Keyingi o‘yinlarda xatolarimizni to‘g‘irlaymiz»

Ektor Kuper: «Keyingi o‘yinlarda xatolarimizni to‘g‘irlaymiz»

Baho:
+ | -

Akmal Eshonxonov

Sharja shahridan maxsus

O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Ektor Kuper Osiyo Kubogidan o‘rin olgan Ummonga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Ummon kuchli o‘ynadi. Ko‘p vaziyatlarda to‘pni raqibdan olib qo‘yishga qiynaldik. Ikki xil taym o‘tkazdik. Birinchi bo‘limda yaxshi harakat qilgandik. Ammo ikkinchi taymda ustunlikni raqibga berib qo‘ydik. Ummon o‘yinni nazorat qila oldi. Biz hududlarni yopishga qiynaldik, raqib esa bundan unumli foydalandi.

Lekin hisob tenglashgandan keyin g‘alaba qozonishimizga ishonch bor edi. Osiyo Kubogini g‘alaba bilan boshlaganimizdan xursandman. Terma jamoa a’zolari jismoniy jihatdan yaxshi formadalar. Shunchaki bugun birinchi o‘yin bo‘lgani uchun bir oz asabiylashdilar.

Biz o‘yinda to‘pni nazorat qila olmaganimiz uchun ham ko‘p yugurishga, ko‘p kuch yo‘qotishga majbur bo‘ldik. Keyingi o‘yinlarda bu xatolarimizni to‘g‘irlashga harakat qilamiz. Gol kiritilgan vaziyatda ikki futbolchi a’lo darajada harakat qildi.

Lekin men har doim jamoaviy o‘yinga e’tibor qarataman. Futbolchilarga alohida baho bermayman. Yutsa, butun jamoa yutadi.

Ba’zi futbolchilarni oldimga chaqirib, ularga alohida ko‘rsatma berishim mumkin, lekin doimo ularni bir jamoa bo‘lib harakat qilishga chaqiraman", - deydi Kuper.

Manba: STADION
Kiritildi: 23:14, 09.01.2019.
O'qildi: 14013 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.