Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Gattuzo «Milan»ning muammolarini qo‘rqmasdan sanab o‘tdi

Gattuzo «Milan»ning muammolarini qo‘rqmasdan sanab o‘tdi

Baho:
+ | -

«Milan» joriy mavsum ham ishonchni sira oqlolmayapti. Tabiiyki, bosh murabbiy vazifasini ado etayotgan klub afsonasi Jennaro Gattuzo ham natijalardan qoniqmayapti.

Futbolchilik payti maydonda jonkuyarligi bilan alohida ajralib turgan yosh mutaxassis jamoa telekanaliga bergan intervyusida 2018 yil yakunlariga oid fikrlarini bayon etar ekan, «Milan» vakillari kuchli ishonchsizlik qurshovida qolishganini tan oldi. Irqchilik va Kulibali

- Karlo Anchelotti fikrini 100 foiz ma’qullayman. Irqchilikning jirkanch ko‘rinishi birgina Italiyaga xos illat emas. Masalan, yuksak sport madaniyati shakllangan Angliyada ham shunday yoqimsiz holatlarni kuzatish mumkin. Menimcha, irqchilik alomati sezilishi hamono o‘yinni shartta to‘xtatadigan payt keldi. Mana, yangi yilga qadam ham qo‘ydik, rivojlanishda davom etishimiz lozim. «Italiya - irqchilik makoni» qabilidagi fikrlarga aslo qo‘shilmayman. Axir tribunada nomaqbul harakatni amalga oshiradigan 3-4 nafar kaltafahm tufayli butun mamlakatni qoralash to‘g‘rimi?

Ichki muammolar

- Tarkib borasida muammo yuzaga kelgan pallada «Milan» hammani birdek hayron qoldirdi. Chunonchi, yigitlar yuksak shijoat bilan to‘p surishdi. Go‘yoki, yo‘qotadigan hech narsa qolmagandek... Shunday yondashuv evaziga «Torino» va «Bolonya»ni yengdik. Lekin g‘alabalar ahamiyati orta boshlagach, kamchiliklar yuzaga chiqdi, xavotir darajasi oshdi. Deylik, «Frozinone»ga qarshi bahsning birinchi bo‘limidan ko‘nglim umuman to‘lmadi. «Milan» emas, balki raqib jamoa 4-o‘ringa chiqib olish kurashayotgandek tuyuldi. Vaholanki, 3 kuncha muqaddam o‘zimiz ko‘zlagan marra, ya’ni, CHL yo‘llanmasini ta’minlaydigan 4-o‘rindagi jamoadan atigi 1 ochko ortda borayotgandik. O‘sha uchrashuvning tanaffusidan keyin ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratdik, ammo g‘alaba golini urolmadik, baribir. Doimo nimadir yetishmaydi... Deylik, himoya chizig‘iga bog‘liq muammolarni hal etishimiz bilan hujumda kamchiliklar sezilmoqda. Ha, «Milan» libosini kiyish hamon ulkan mas’uliyat sanaladi va buning bosimi katta. Ammo xatolar ta’sirida tushkunlikka berilmaslik kerak. Zero, hech kim xato qilishdan himoyalanmagan. Eng muhimi - ulardan to‘g‘ri xulosa chiqarish. Ayni payt umumiy holatimizga havas qilib bo‘lmaydi. O‘ylashimcha, buning asosiy sababi - xavotir. Jamoam qandaydir kuchli ishonchsizlik qurshovida qolgandek...

Yilning oxirgi oyi

- Dekabrda o‘yin uslubini o‘zgartirdik. Barchamizga deyarli yod bo‘lib ketgan 7-8ta kombinasion ishlanma mavjud, ammo muayyan muammodan qutulolmayapmiz, baribir. Yangi g‘oyalarni amalga tatbiq etishda esa rosa qiynalyapmiz. Mana, so‘nggi o‘yinlarda 2 nafar hujumchi bilan harakatlandik. Bu taktik chizmada jamoa talab darajasida faollik ko‘rsatmasa, reja shundoq oshkor bo‘lib qoladi. Oqibatda xavfli vaziyatlardan foydalanish murakkablashadi. Ochig‘i, shogirdlarimning o‘yinga shaylanishlaridan ko‘nglim to‘lmayapti, ularda ishtiyoq so‘ngandek, go‘yo. Lekin bu «Milan»ning eng yomon holati emas. Hech kimni ranjitishni istamayman, lekin ayrim o‘yinlarda noshud musiqachilar guruhidek taassurot uyg‘otdik. Misol uchun, qatorasiga 4ta o‘yinda gol urolmaslik holati klub hayotida 1986 yildan buyon kuzatilmagandi. Nachora, chidashga majburmiz, umid shuki, jamoa tez orada avvalgi shijoatini tiklaydi.

Turnir jadvali

- Jamoamizga nisbatan ishonchsizlikka yo‘g‘rilgan mulohazalar ham ko‘payganidan ko‘paydi. Sezilarli siljishga erishishni ko‘zlagandik, ammo o‘xshamayapti. To‘g‘risi, menga omadsizlikdan ko‘ra, jamoam atrofidagi muhit og‘irroq botyapti. Hattoki, 4-pog‘onaga chiqqanimizda ham tanqidlar to‘xtamadi. Qanday tarkibga egaligimiz, yetuk ijrochilarga muhtojligimiz hech kimni qiziqtirmaydi. Hamma «Milan»ning birdaniga kuchli o‘yin ko‘rsatishini talab qiladi, xolos. Muvaffaqiyatsizligimizda ana shu noo‘rin munosabat ta’siri ham katta, menimcha.

Gonsalo Iguain

- Afsuski, Gonsalo muhim o‘yinda  penaltidan foydalanolmadi, boz ustiga, qizil kartochka olib, butun dunyoga ovoza bo‘ldi. Unutmaylik, har qanday futbolchi bunday omadsizlikka yuz tutishi mumkin. Eng yomoni, bu unga ruhiy tomondan ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. To‘g‘ri, Iguainda vaziyatlardan foydalanish masalasida ba’zi muammolar yo‘q emas. Biroq menga aynan shunday hujumchi kerak. Umuman, jamoamga yuksak texnika sohiblari yetishmayapti. Ha, Suso bor, biroq uning salomatligi joyida emas, Chalxanoglu esa o‘z saviyasiga yarasha o‘ynolmayapti...

Jamoa o‘yiniga izoh

- To‘p uchun 10 kishi bo‘lib kurashadigan raqibni yengish oson emas. Har holda, «Frozinone»ga qarshi bahsda aslida chakki ko‘rinmadik. Ijobiy o‘zgarish sari intilyapmiz, qaytaraman, oxirgi o‘yinlarda hujumga ko‘proq e’tibor qaratdik. Chunki 5 nafar himoyachi qarshiligini sindirish talab etildi. Yo‘q, o‘zimni oqlamoqchi emasman, lekin jarohatlanganlar o‘rni sezilgani - bor gap. Tez orada hammasi izga tushishidan umidvorman. Boshqa iloj yo‘q.

Yil yakuni

- Yil yakuni emas, uzoqroq muddat, ya’ni, mavsum-2013G‘2014dan keyingi davrni tahlil qilmoqchiman. «Milan» so‘nggi yillarda mart oyida qandaydir omadsizlikka yuz tutmoqda. Demakki, bahorda ishtiyoq bilan to‘p surishimiz uchun CHLga chiqish imkonini beradigan hudud yaqinida bo‘lishimiz shart. Avvalgi natijalarni unutib, bugungi vazifalar haqida bosh qotirish maqsadga muvofiq. Ayni holatda CHL yo‘llanmasi biz uchun chempionlikka tengdir. Bunga erishish yo‘lida maksimal darajada ter to‘kish talab etiladi. Ochig‘i, 2018 yil yakunida 5-pog‘onadan ko‘tarilolmaganimiz meni qattiq ranjitdi. Buning ortidan shogirdlarim kayfiyati tushib ketdi. Ikkinchi tomondan, asosiy raqobatchilarimiz - «Roma» va «Lasio» klublari anoyi emasligini unutmaylik. Demak, oldimizda bitta yo‘l bor - oxirigacha g‘alaba sari intilish.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 22:50, 10.01.2019.
O'qildi: 4127 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.