Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Mario Basler: Eng yaxshi va eng yomon

Mario Basler: Eng yaxshi va eng yomon

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Intervyular

O‘tgan asrning 90-yillarida yorqin o‘yinlari bilan nom qozongan germaniyalik Mario Basler 18 dekabr kuni 50 yoshga to‘ldi. Soccer.ru sayti yubiley bahona sobiq yarim himoyachining uning turli mavzularga doir fikr-mulohazalarini qamrab olgan suhbatini chop etdi. - Mario, qaysi jamoa siz uchun eng sevimli va qadrli...?

- Kayzerslauterndan 20 km. uzoqlikda joylashgan Pfals shaharchasida tug‘ilganman. Shunday ekan, futboldagi asosiy jamoa - «Kayzerslautern». Har holda, bolalik orzulariyu, millionlar o‘yiniga ishtiyoqim ayni shu klub bilan bog‘liq edi.

- Siyosatga munosabatingiz qanday?

- Bu borada 20 soatlab gapirishim mumkin. Lekin ijobiy ruhda emas. Hukumat mutasaddilari odamlarni kalaka qilishmoqda. Ular saylovoldi va’dalarni bajarishmaydi, quruq safsatadan nariga o‘tishmaydi. Shu sabab ham, anchadan buyon saylovlarga bormayapman.

- Jamoangizning alamli mag‘lubiyati bilan yakunlangan CHL-98|99 finalini eslash siz uchun hali ham og‘riqlidir (Mario o‘sha fantastik finalning 6-daqiqasida «Bavariya»ni hisobda oldinga olib chiqqan, lekin «MYU» hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda 2ta gol urib, sovrinni ilib ketgandi)...?

- Boshqacha bo‘lishi mumkinmi? Deyarli naqd qilingan kubokni boy berish chindan ham, achinarli... Ayniqsa, 90 daqiqa davomida oldinda borib, qo‘shimcha vaqtda yengilish. Ha, bunga chidash oson emas. Lekin tabiatan maydondagi omadsizliklarga jiddiy ahamiyat bermaslikka odatlanganman. Esimda, Barselonadagi o‘sha  o‘yindan keyin 5 soat o‘tgach, alamimni ichkilikdan olgandim. To‘g‘rirog‘i, alkogol ta’sirida bor ovozim bilan xirgoyi qilib, raqsga tushgandim.

- Burchak zarbasidan to‘g‘ri gol urish oson emas. Siz esa bir mavsum davomida 2 marta shunday mo‘jiza ko‘rsatgansiz. Aytingchi, bunga alohida tayyorgarlik ko‘rarmidingiz?

- Kimdir burchak zarbasidan gol ursayu, buni oldindan rejalashtirganini aytsa, u yolg‘onchi hisoblanadi. Demoqchimanki, burchak to‘pini qandaydir qolipga solishning iloji yo‘q. Ha, to‘pga aylanma yo‘nalish berish, muayyan nuqtaga to‘g‘ri yetkazish ustida ishlash mumkin. Ammo burchak zarbasining golga aylanishi - bu omad va tasodif. Xususan, men ham o‘sha vaziyatlarda to‘pni darvozaning yaqin ustuni tomon yo‘naltirgan va qaysidir jamoadoshim unga teginib, gol urishiga umid bog‘laganman.

- Umuman, o‘zingizni qanday insonlar toifasiga kiritasiz?

- Ochig‘i, turmush tarzim va tabiatim bilan maqtanolmayman. Misol uchun, vaqtida ko‘plab futbolchilar, hattoki, ayrim jamoadoshlarim ham mendan oshkora nafratlanishgan. Muxlislar xususida ham shunday deyishim mumkin: ular meni ortga qaytish chiptasisiz Oyga jo‘natib yuborishga tayyor turardilar...

- So‘nggi yillarda futbolchilarning Xitoyga yo‘l olishlari urfga aylandi. Bunga nima deysiz?

- Umumiy fikrim oddiy: Osiyo futboli mo‘may daromad manbaiga aylangan ekan, butsalarini mixga ilish oldidan Xitoyga yuzlanayotgan faxriylarga e’tiroz yo‘q. Ammo yosh futbolchilarning moddiy masalani birinchi o‘ringa qo‘yishlari - sof kaltafahmlik. Ular hattoki, oltin tog‘ni va’da qilishgan taqdirda ham, ketmasliklari kerak.

- 2012|2013 yillar mavsumida CHL finaliga «Bavariya» va «Borussiya» D. klublari chiqqandi. O‘shanda rosa yayragandirsiz...

- Musobaqa avvaliga «Engilganlar turniri» maqomini oldi. Keyin sovrin La-liganing sof mulkiga aylanib qoldi. Xullas, 2013 yili bitta xitob yangradi: «Alvido, «Barselona» va «Real», yashasin, «Bavariya» va «Borussiya»!»

- Vaqtida yetarlicha tan-qid eshitgansiz. Ulardan kuch olganingiz rostmi?

- Ha, tanqid kuchimga kuch qo‘shadi. Dortmund stadioni tribunalaridagi 50000 muxlis meni otishga va yana 50000 kishi oyoqlarimni sindirishga tayyor tursa, o‘zimni o‘ta qudratli his etardim. Xuddi Arnold Shvarsenegger qaysidir filmda butun dunyoga qarshi kurashganidek...

- Ba’zi zararli illatlar yanada yorqinroq o‘ynashingizga xalaqit bergan ekan...

- O‘sha payt qancha xohlasam, shuncha chekardim. Hech qachon nafsimni tiygan emasman. Ichkilikdan ham qaytmasdim. Shunday bo‘lsada, maydonda vazifamni risoladagidek ado etardim, baribir. Xullas, dunyodagi eng yaxshi odam ham, eng yomoni ham o‘zimman. Faqat qo‘shimcha qilishim kerak, yomon illatlar hech kimga foyda keltirmaydi.

- Messi va Ronalduga oid to‘xtovsiz bahs-munozaralar hamon davom etmoqda. Siz qaysi tomondasiz?

- To‘g‘risi, bu yigitlarga aniq baho berishim mushkul. Buning o‘rniga oddiygina javob bilan kifoyalanaman: sayyoraning eng yaxshi hujumchisi - Robert Levandovski. Albatta, o‘z ishining asl ustalari ko‘rsatadigan  nafis harakatlar cheksiz zavq bag‘ishlaydi. Iloji bo‘lsa, Raulning eng yorqin o‘yinlarini tomosha qilishdan bosh tortmasdim.

- Xosep Gvardiola tuzgan «Bavariya» shaxsan sizda qanday taassurot uyg‘otgandi?

Bu jamoani chek-chegarasi yo‘q daryoga o‘xshataman. O‘sha «Bavariya» menga yil davomidagi 300 kunlik ta’tildek tuyuldi. Agar Pep meni o‘z jamoasiga taklif qilganida, darhol rad etardim. Chunki qiziqarli spektaklni chetdan tomosha qilish yoqimliroq...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 08:04, 11.01.2019.
O'qildi: 1982 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.