Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-1 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Atiga 1,12 santimetr yoki «Hawk-eye» tizimining effekti

Atiga 1,12 santimetr yoki «Hawk-eye» tizimining effekti

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

«Manchester Siti» qishning asosiy o‘yinida «Liverpul»ni APL-2018|2019 doirasidagi birinchi mag‘lubiyatga yo‘liqtirdi - 2:1. «Shaharliklar» shuning barobarida chempionlik «intriga»sini qayta jonlantirishdi. Ayni payt APL turnir jadvali peshqadamlarini 4 ochko ajratib turibdi.

Lekin hammasi boshqacha rivojlanishi ham hech gap emasdi, agarda golni avtomatik ravishda aniqlovchi tizim bo‘lmaganida... Ha, markaziy uchrashuvning eng qaltis vaziyatlaridan biri 18-daqiqada kuzatildi: avvaliga Sadio Mane darvoza ustunini nishonga oldi, keyin Jon Stounz jon holatda to‘pni oldinga tepgach, u darvozabon Edersonga tegib, yana «manzil» tomon yo‘naldi. Lekin himoyachining o‘zi qandaydir mo‘’jiza tufayli to‘pni darvoza chizig‘i ustidan qaytarishga ulgurdi.

Translyasiya vaqtida ham, hattoki, takroriy lavhalar namoyishida ham toza gol bo‘lgandek ko‘rindi. Xullas, bu holatda «Manchester Siti»ni faqat to‘p chiziqdan to‘liq o‘tgan-o‘tmaganini 100 foiz aniqlik bilan «tasdiqlovchi» Hawk-Eye tizimi qutqarib qoldi. Aytish o‘rinli, bu tizimning bexato ishlashini stadion perametri bo‘yicha o‘rnatilgan va darvozalarga qaratilgan 14ta kamera ta’minlaydi.

Oddiy aytganda, to‘p chiziqdan to‘liq o‘tishi hamono hakamning qo‘l soatiga signal tushadi. O‘sha vaziyatda esa signal tushmadi va bosh hakam - Entoni Teylor o‘yinni davom ettirdi. Hammasi to‘g‘ri - maxsus videotasvirda «Liverpul»ning golni nishonlashiga qandaydir 1,12 santimetr yetmagani aniqlandi. Bordiyu, referi gol qayd etganida, «Liverpul» qolgan daqiqalarda qarshi hujum taktikasi asosida harakatlanib, «Siti»ni qiynab qo‘yishi hech gap emasdi.

Darvoqe, ayni shu Hawk-Eye tizimi yaqinda «Roma»ni ham goldan qutqarib qolgandi. «Sassuolo»ga qarshi kechgan o‘yinda 1:0 hisobi qayd etilayotgan pallada Patrik Shik to‘pni o‘z jamoasi darvozasi tomon burib yubordi.

Shunda «Sassuolo» futbolchilari qo‘llarini yuqoriga ko‘targancha hakamdan golni inobatga olishni talab qilishdi. Shu lahzada translyasiyada videotakror namoyish etildiki, tizimning naqadar aniq ishlashi ko‘pchilikni hayratga soldi. Umuman, VAR, Hawk-Eye va boshqa texnologiyalar futbolga ijobiy ta’sir o‘tkazmoqda.

Xususan, FIFA prezidenti Janni Infantino ham shunday fikrda: «Tan olaman, avvaliga bu masalaga qarashim ijobiy emasdi. Lekin endi ko‘ryapmizki, videotakrorlar tizimi hammaga ma’qul bo‘lmoqda. Pyerluiji Kollina bilan muhokamalar chog‘i texnologiya aralashuvi o‘yin sifatiga putur yetkazishi mumkinligidan xavfsiragandik. Yakunda esa futbol adolatliroq bo‘ldi. Shunday ekan, endi har qanday sharoitda ham, ushbu texnologiyalarga qarshi chiqmayman».

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:11, 11.01.2019.
O'qildi: 4667 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик