Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/10 00:00 Atletiko 1-0 Deportivo
25/10 16:00 OKMK 2-1 Qo‘qon-1912
25/10 16:30 Inter 2-1 Fiorentina
25/10 18:00 Atletik Bilbao 4-0 Xetafe
25/10 18:00 Qizilqum 1-1 Lokomotiv
25/10 18:15 Dinamo 1-1 Andijon
25/10 19:00 Kristal Pelas 0-2 Nyukasl
25/10 19:00 Xall Siti 1-1 Brentford
25/10 19:00 Liverpul 2-0 Brayton
25/10 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
25/10 19:00 Atalanta 4-4 Frozinone
25/10 19:00 Jenoa 1-0 Venetsiya
25/10 20:15 Selta 0-0 Betis
25/10 21:30 Sanderlend 0-0 Lids
25/10 22:00 Lechche 0-2 Yuventus
25/10 22:30 Real Sosyedad 2-1 Levante
26/10 00:45 Udineze 0-2 Milan
26/10 01:00 Barselona 1-2 Real Madrid
26/10 18:30 Xorazm 1-2 Navbahor
26/10 18:45 Neftchi 1-2 Al-Ittihod
26/10 21:00 Al-Ahli (SA) - Al-G‘arafa
26/10 21:00 Al-Ayn - Traktor
26/10 23:15 Al-Qodisiya - As-Sadd
26/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Paxtakor
27/10 01:00 Sevilya - Osasuna
27/10 22:30 Sassuolo - Lasio

21-asrning erkin agentga aylangan yulduzlari

21-asrning erkin agentga aylangan yulduzlari

Baho:
+ | -

21-asrning erkin agentga aylangan yulduzlari

Esteban Kambyasso

«Real Madrid» ga katta umidlar bilan kelgan argentinalik yarim himoyachi jamoada o‘z o‘rnini topa olmadi. «Qirollik» klubi yangidan yangi yulduzlarn harid qilish ilinjida Kabyasso bilan shartnomani uzaytrishmagan edi, o‘sha paytlar. Biroz vaqtdan so‘ng Kambyasso erkin agent sifatida «Inter» klubiga o‘tib ketadi. «Ko‘k-qora»lar safida qahramonimiz naqd 10 yil top suradi. Ayniqsa, Mauriniyo davrida Kambyasso yangi qirallarini ochadi. U erkin agent sifatida kelgan jamoasida 400 dan oshiqroq o‘yinlarda ishtirok etib yuzga yaqin go‘l uradi. «Inter» jamoasi safida u hamma kuboklarning egasiga aylanadi va «Inter» muxlislari xotirasida iliq taassurotlar bilan qoladi.

Andreya Pirlo

2011-yil boshlanayotgan bir paytda Pirlo 32 yoshda edi. «Milan» klubi qariya futbolchi bilan shartnoma imzolashga u qadar katta ahamiyat bermadi va so‘nggi kunlar yaqinlashayotganda juda ham past maosh belgilangan 1 yillik shartnomani taklif qildi. Pirlo esa klub direktori xonasidan indamay chiqib ketdi va boshqa «Milan» bazasiga qaytib kelmadi…

Oradan ko‘p o‘tmay, «Yuventus» uni o‘z safiga qo‘shib oladi. Pirlo «Juve» tarkibidagi ikkinchi yoshligini o‘tkazadi. Hatto CHL finaligacha boradi. U ketma-ket 4 ta Skudettoni qo‘lga kiritgach, 36 yoshida okean ortiga yo‘l oladi. «Milan» futbolchidan erta umid uzgani uchun keyinchalik ko‘p bor afsuslangan bo‘lsa, ajab emas

Kafu

Brazilyalik qanot himoyachisi 33 yoshigacha «Roma» klubi sharafini himoya qiladi. Unga mehnatkashligi va qo‘pollikdan yiroqdaligi uchun ham murabbiylar doim asosiy tarkibdan joy berishadi. Avlodlar almashinuvi davri «Roma»da boshlangach, Kafu bilan klub shartnomani uzaytirishdan bosh tortadi. Kafu bundan ortiqcha hafa bo‘lmaydi. Yaponiyaning «Yokogama» klubiga o‘tishga rozilik bildiradi. Lekin uni Anchelotti «yo‘ldan uradi» va «Milan»ga taklif qiladi. 33 yoshlik Kafu yana 5 yil yuqori formada «Milan» sharafini himoya qiladi, klublar doirasidagi jamiki musobaqalarda g‘olib bo‘ladi. «Roma» esa 21-asr boshidagi g‘alabali onlarini boshqa ortga qaytara olmaydi

Robert Levandovski

«Borussiya Dortmund» klubi muhlislari haligacha undan nafratlanishadi. Sababi, u sobiq jamoasining eng ashaddiy raqibiga, yana tekinga o‘tib ketgan. Robert «Borussiya Dortmund» taklif qilgan yangi shartnomaga qo‘l qo‘ymaydida, mavsum tugashini kutadi. Erkin agentga aylangach esa, «Bavariya»ning almashtirib bo‘lmas o‘yinchisiga aylanadi. Xatto gol urish bo‘yicha rekordlarni birin - ketin yangilab tashlaydi.

Bir mashhur sport jurnalisti ushbu vaziyatga mana bunday qilib izoh bergan edi: “21-asrdagi «Bavariya» uchun eng qulay va foydali ish bo‘ldi. Hozirda bunday futbolchilar 100 million atrofida narxlanishini hisobga olsak, "Bavariya" byudjetdan ancha tejashga muvaffaq bo‘ldi”. Darhaqiqat, Levandovski hozirda eng qimmat 9-raqam egalaridan biri hisoblanadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:00, 11.01.2019.
O'qildi: 10775 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик