Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-2 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Jaloliddin Masharipov: «Kuper menga bir narsa aytdi»

Jaloliddin Masharipov: «Kuper menga bir narsa aytdi»

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov MOQ Matbuot va media departamenti boshlig‘i Zafar Imomxo‘jayevga bergan intervyusida Osiyo kubogidagi birinchi o‘yin, murabbiy, yaratilgan sharoitlar va boshqa jihatlar haqidagi savollarga javob berib o‘tdi.

Ummonga qarshi o‘yin haqida

Musobaqadagi dastlabki o‘yin hayajonlarga boy bo‘lishini oldindan bilgandik. Bahsda asosiy e’tibor chiroyli o‘yinga emas, nima bo‘lsa ham g‘alaba qozonishga, xalqimizni xursand qilishga qaratilgandi. G‘alaba murabbiy Ektor Kuper uchun ham kerak edi. Biz uchun birinchi navbatda g‘alaba ekanligi, ana shu orqali o‘zimizga bo‘lgan ishonch oshishi haqida murabbiy tushuntirib berdi. O‘yinni u qadar zo‘r o‘tkaza olmaganimiz, to‘p nazoratini ushlab turmaganimizni bilamiz. Lekin eng muhimi, g‘alaba qozondik.

Kuperning uslubi

Ektor Kuper terma jamoamizda ish boshlagan vaqtda himoyaga asosiy e’tiborni qaratishni ma’lum qilgandi. Keyin futbolchilarimizning, ayniqsa yarim himoyachilarimizning to‘p bilan yaxshi muomula qilishini ko‘rgandan so‘ng hujumkor futbol ko‘rsatish imkoniyati borligini ham aytdi. O‘zbek muxlislari hujumkor futbolni yaxshi ko‘rishlarini tushundi. Antaliyadagi yig‘in davomida ham hujumkor futbolga e’tibor qaratdik.

Murabbiyning individual texnikaga bo‘lgan munosabati qanday?

U bunga juda yaxshi munosabatda. Mening 6 oylik diskvalifikasiyam bo‘lganligi sabab, u meni «Paxtakor»dagi o‘yinlarimni kuzatdi va shu orqali terma jamoaga chaqirdi. Milliy terma jamoada ham klubimdagi kabi o‘yin namoyish etishimni so‘radi. «To‘p yo‘qotishdan qo‘rqmagin» deb aytdi. Bu albatta menda o‘zimga bo‘lgan ishonchni ko‘tardi. Ammo, birinchi o‘yinda natija muhim bo‘lgani sabab himoyaga ham yordam berib turdim.

Yaratilgan sharoitlar haqida

Bungacha terma jamoalarimizda ko‘p o‘yin o‘tkazganman. U yoshlar jamoasi bo‘ladimi, milliy terma jamoa bo‘ladimi – xech qachon bunday jihatlardan nolimayman. Asosiy maqsadim – maydonga chiqib terma jamoaga yordam berishdir. Yoshligimda milliy terma jamoa o‘yinlarini ko‘rib «xech bo‘lmasa bir marotaba terma jamoa safida o‘ynasam» degan o‘y hayolimdan o‘tardi.

Shu yergacha yetib keldimmi, endi bahona qilish kerak emas. Maqsadim – maydonda terma jamoaga yordamim tegsin. Vitaminlardan foydalanmayman. Hali yoshman va organizmim joyida. Chakmayman, ichmayman. Liboslar haqida gapiradigan bo‘lsam, bu katta ahamiyatga ega emas. Asosiysi men terma jamoa libosidaman va bundan juda xursandman. Shu sababdan, muxlislarga yoqadigan o‘yin ko‘rsatgim keladi.

Ichki muhit, rejalar haqida

Milliy terma jamoadagi ichki muhit ajoyib. Biz bu yerda aka-ukadekmiz. Odil aka, Anzur aka, Ignat aka kabi bizdan katta futbolchilar yoshlarga doim yordam berishadi. Ular bizga doimo to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadilar. Asosiy maqsadimiz – kamida finalgacha yetib borish. Biz buni uddalay olamiz. Buning uchun barcha narsa yetarli, murabbiy ham tajribali. Munosabatlarimiz do‘stona, ortiqcha bosim yo‘q. Yaratilgan sharoit, muhit uchun O‘FAga, uning xodimlariga rahmat aytaman. Biz qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz va o‘z maqsadimizga erishamiz.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 16:13, 12.01.2019.
O'qildi: 14808 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.