Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekistonlik ikki sportchi BAAning Al-Ayn shahriga jo‘nab ketdi

O‘zbekistonlik ikki sportchi BAAning Al-Ayn shahriga jo‘nab ketdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari Milliy olimpiya qo‘mitasi strategiyasi asosida lisenzion musobaqalarga, Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik olib bormoqda.

Shu jumladan, slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etmoqdalar.

Terma jamoa yetakchilari Alibek va Jonibek Temirgaliyevlar 2-15 yanvar kunlari Toshkent dengizida mashg‘ulotlar olib bordilar. Bugun esa ular tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini o‘tkazish uchun Birlashgan Arab Amirliklarining Al Ayn shahriga jo‘nab ketishdi.

Xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida yigitlarimiz murabbiy Izzatilla Rahmatullayev qo‘l ostida shug‘ullanadilar. Mazkur yig‘in 4 martga qadar davom etadi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 17:41, 16.01.2019.
O'qildi: 2595 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.