Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Afsonaviy sardorlarni eslab… «Barselona»ning sheryurak sardori

Afsonaviy sardorlarni eslab… «Barselona»ning sheryurak sardori

Baho:
+ | -

Bu yigit haqidagi hamma ma’lumot va xotiralarni bitta maqola u yoqda tursin, hatto, butun boshli kitobga sig‘dirish ham katta muammo tug‘dirsa kerak...

Puyol Kataloniyada tavallud topgan. Yoshligidanoq «Barselona» jamoasi yoshlari safida to‘p suradi. 18 yoshga to‘lganda «Barsa»ning ikkinchi jamoasida to‘p tepib yurgan yigitchaga bir nechta grandlar qiziqib qolishadi. U esa hammaga rad javobini beradi. Qahramonimiz ilk bora 22 yoshida sevgan jamoasi tarkibida debyut o‘yinini o‘tkazadi… Puyol «Barselona»ning eng og‘ir kunlarida asosiy tarkibga olinadi va sabr bilan o‘z ishini professional darajada amalga oshirishda davom etadi. 2004-yilda unga shaxsan Ser Aleks Fergyusson qiziqib qoladi. Puyol «qizil iblislar»ning taklifiga o‘ylab o‘tirmasdan yo‘q javobini beradi…

2004-yilga kelib esa, u «Barselona» sardori sifatida jamoasini maydonga olib tushishni boshlaydi. Avvaliga Raykard murabbiyligi qo‘l ostida «Barselona»da progress kuzatiladi, so‘ng Gvardiola davrida bu o‘sish o‘zining pik nuqtasiga chiqadi. Puyol klublar miqyosidagi jamiki turnirlarda g‘olib chiqadi.

Karles haqida sobiq jamoadoshi Deko shunday xotirlaydi :«U haqiqiy motivator edi. U biz bilan maydonga tushgan uchrashuvlarda deyarli mag‘lubiyatga uchramas edik. Uni men o‘ynovchi murabbiyga o‘xshataman».

Puyolni hatto «Real Madrid»ning ashaddiy muxlislari ham hurmat qilishar, hech qachon uning sha’niga yoqimsiz so‘zlar yo‘llashmas va hushtaklar bilan qarshi olishmasdi.

U haqida Frank Raykardning jurnalistlarga qarata aytgan mashxur so‘zlarini keltirib o‘tsak: «Uning yuragi o‘rnida sherning yuragi uradi. Siz uning maydonda to‘p uchun arslondek kurashganini har kuni ko‘rasiz, lekin e’tibor bermaysiz. Ronaldinyo va Dekuning o‘yini doim qarsaklar bilan kutib olinadi, lekin Puyolni doim unutasizlar».

Qahramonimiz milliy terma jamosini bir asrlik orzularini amalga oshirish yo‘lida Yevro-2008» va JCH-2010da mardonavor o‘yin ko‘rsatadi! Ayniqsa, Yevro-2008da Germaniya darvozasiga boshi bilan urgan goli o‘yin taqdirini hal qilgandi o‘shanda...

Puyol Ronaldinyo, Xavi, Inyesta, Messi, David Vilya, Anri, Viktor Valdes singari superyulduzlar bilan bir jamoada to‘p surgan bo‘lsa-da, jamoaning kiyinish xonasida ham, maydonda ham «avtoritet» futbolchisi bo‘lgan. Mehnatkash va yengilmas himoyachi ketganidan beri uning o‘rnini «Barselona» hali ham to‘ldira olmadi. To‘ldira olmasa ham kerak. Sababi, Puyoldek sheryurak jangchilar bir asrda faqat bir marta tug‘iladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:12, 16.01.2019.
O'qildi: 5799 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.