Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Sardor Rashidovning yangi klubi bilan qancha muddatga shartnoma imzolagani ma’lum bo‘ldi

Sardor Rashidovning yangi klubi bilan qancha muddatga shartnoma imzolagani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi va Toshkentning “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Sardor Rashidovning Portugaliya chempionati ishtirokchisi “Nasyonal” bilan qancha muddatga shartnoma imzolagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Portugaliya klubi o‘z rasmiy sahifasida ma’lumot bergan.

“Sardor Rashidov – O‘zbekiston terma jamoasi hozirgi avlodining yulduzlaridan biri hisoblanadi. Iqtidorli va jismonan kuchli bo‘lgan Rashidov qanotlarda vingerlik qoyillatadi va shuningdek, hujumda ham birdek o‘ynay oladi.

U o‘z jamoasi va terma jamoasi tarkibida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Hozirda O‘zbekiston termasi Osiyo Kubogi musobaqasida yaxshi natijalarga erishishga ulgurdi.

O‘zbekiston katta ehtimol bilan Osiyo Kubogining pley-off bosqichida ishtirok etadi. Sardorda tanlov ko‘p edi: Saudiya Arabistoni, Qatar va BAA mamlakatlari klublaridan takliflar bo‘lsa ham, Sardor o‘z kuchini Yevropada sinab ko‘rishni istadi.

Bu esa albatta, bizni xursand qilmay qo‘ymaydi. Sardor Rashidov “Nasyonal” tarkibida 2,5 yil faoliyat olib borish sharti bilan ikki tomonlama kelishuvga imzo chekdi”, deyiladi “Nasyonal” bergan rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” futbolchisi Krishtianu Ronaldu “Nasyonal” yoshlar jamoasida ikki yil faoliyat olib borgan. Rashidov bu jamoaga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tdi.

Manba: STADION
Kiritildi: 22:53, 16.01.2019.
O'qildi: 18035 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик