«Chelsi»ning sobiq murabbiysi Joze Mourinyo Muhammad Salohning «Roma»ga sotilishi borasida fikr bildirdi.
«Ko‘pchilik bu voqeani noto‘g‘ri talqin qiladi. Odamlar Salohning sotilishida meni ayblashadi. Ammo uni aslida kim xarid qilishni istaganini bilishmaydi. «Bazel»ga qarshi o‘yinda Salohning mahoratini ko‘rib, uni sotib olishni men so‘ragandim. O‘shanda bizda Aza rva Villian bor edi, ammo men Salohning xarid qilinishini xohladim va bunga erishdim. Uning sotilishiga kelsak, bu endi «Chelsi» rahbariyatining qarori, bunga aloqam yo‘q», dedi Mourinyo.